Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonining Al-Zafer Hospital shifoxonasi bosh koordinatori Zohair Hebah bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi

Foto: Shutterstock

Unda O‘zbekiston fuqarolarini xorijda uyushgan holda ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Muloqot avvalida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, malakali tibbiy kadrlar tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida maʼlumotlar Saudiya vakili eʼtiboriga taqdim qilindi.

Zohair Hebahning aytishicha, O‘zbekistonda tibbiyot sohasi jadal surʼatlar bilan rivoj topib bormoqda. Shuningdek, o‘zbek shifokorlarining bilim va tajribasi hech bir xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot vakillaridan kam emasligi taʼkidlandi.

“Aksariyat arab davlatlarida, jumladan, Saudiya Arabistonida ham O‘zbekistondan kelgan tajribali va malakali shifokorlar samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Al-Zafer Hospital majmuasida xorijiy shifokorlar va hamshiralarga ehtiyoj mavjud. Biz ushbu bo‘sh o‘rinlarga O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga taklif etishdan mamnunmiz”, — deydi u. 

Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari xodimlari bilan birgalikda muhokama qilishga kelishib oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »