Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Tojikiston Energetika vazirligi Rog‘un gidroelektr stansiya qurilishi uchun har yili 1 milliard dollardan ajratilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Vazirlik rahbari Daler Jumaning so‘zlariga ko‘ra, GES qurilishini yakunlash uchun 6,2 milliard dollar kerak bo‘ladi. Tegishli summa loyihani baholash uchun jalb qilingan xalqaro maslahatchilar tomonidan belgilab berilgan. Bu Rog‘un GES qurilishi to‘liq yakunlanishiga uchun kerak bo‘lgan summa hisoblanadi.

Vazir 10 dan ortiq rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

“Ularning baʼzilari bilan muzokaralar natijalari shu oyda, boshqalari bilan esa joriy yilning iyun oyida eʼlon qilinadi. Rog‘un agregatlarini oldindan belgilangan muddatda ishga tushirishga harakat qilmoqdamiz”, — deydi Daler Juma.

Rog‘un GES qurilishi shu paytgacha faqat davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. Yangi yilda yakunlash uchun boshqa xalqaro moliya institutlaridan mablag‘ jalb etilishi kutilmoqda.

Loyihaning potensial investorlari qatoriga Jahon banki, Yevropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevrosiyo taraqqiyot banki va boshqalar kiradi.

Moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan (XXR) 500 million dollar miqdorida imtiyozli kredit jalb etish bo‘yicha kelishuvlar mavjud, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi bilan ham shartnoma imzolangan. 100 million dollar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »