Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Tojikistonda energetika obyektlarini tiklash uchun 9 milliard (829 million dollar) somoniy yo‘naltirildi. Bu haqda respublika prezidenti Emomali Rahmon parlamentga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Arxiv foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
“Agar shunday qilinmaganida, bugun biz butunlay elektrsiz qolgan bo‘lardik”, — dedi u.

Shuningdek, Rahmon Tojikistonda Rog‘un GESning uchinchi reaktori 2025-yilda ishga tushirilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2032-yilga borib Tojikiston muqobil energiya manbalariga o‘tadi.
Emomali Rahmon respublika yashil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda turishini ta’kidladi.

Avvalroq Tojikiston hukumati 2024-yilda Rog‘un GES loyihasini amalga oshirish uchun qariyb 5 milliard somoniy (taxminan 460 million dollar) ajratmoqchiligini ma’lum qilingandi

Rog‘un GES qurilishi hozirgacha faqat davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. 2008-yildan buyon mazkur GES qurilishi uchun davlat budjetidan 35 milliard somoniydan ortiq mablag‘ ajratilgan.

2022-yilda Jahon banki tomonidan muvofiqlashtirilgan Rog‘un GES qurilishiga xalqaro donorlar mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha konsorsium tuzildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »