Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17–18-oktyabr kunlari Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etmaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati Asia-Plus’ga xabar berdi.

Foto: Central Asia

Manba bunday qaror sababini aytmadi, biroq 19—21-oktyabr kunlari Emomali Rahmonning Xatlon viloyatiga ish safari rejalashtirilganini ta’kidladi.

Forumda Tojikistondan vakil bo‘lish yoki bo‘lmasligini bilish uchun prezident matbuot xizmati mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishni so‘radi. Biroq Asia-Plus Tashqi ishlar vazirligidan ham, Tojikistonning Xitoydagi elchixonasidan ham javob ololmagan.

“Bir makon, bir yo‘l” loyihasining uchinchi forumi mazkur tashabbusning 10 yilligiga bag‘ishlanadi. Dastlab tadbir 15—17-oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, keyinchalik sanalar 17—18-oktyabrga ko‘chirildi. Uchrashuvlarning asosiy mavzusi “Bir makon, bir yo‘lning yuqori sifatda birgalikda qurilishi hamda umumiy taraqqiyot va farovonlikka erishish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlar” bo‘ladi.

Xitoyning Global Times nashriga ko‘ra, forumga 130 dan ortiq davlatdan delegatsiyalar va 30 ta xalqaro tashkilot vakillari taklif etilgan.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Pekin shahriga yetib borgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »