Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

2023-yilda mamlakatida qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu sohadagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin mavjud salohiyat bundan ancha yuqori. Shu bois davlat rahbari 18-yanvar kuni eksport va sanoat masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilikka doir vazifalarni ham ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga yangi salohiyatli bozorlar topish, eksportbop mahsulotlar ekilishini tashkillashtirish bo‘yicha ham masʼuliyat belgilandi.

Agentlik tomonidan o‘simliklarni zararli unsurlardan himoya qilish, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda. Jumladan, hududlardagi statsionar va mobil laboratoriyalar orqali  1 mln 40 ming gektar yerning tuproq tahlili o‘tkazilib, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash meʼyori ilmiy asosda belgilab berildi. Sohada 7 ta yangi axborot tizimi joriy qilinib, 40 ta yo‘nalish raqamlashtirildi.

Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining 20 mln dollarga yaqin grant mablag‘lari jalb etilib, laboratoriya va uskunalar yangilandi. Dala va bog‘larga kimyoviy ishlov berish, import va eksport mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish izchil davom ettirilmoqda.

Bunday chora-tadbirlar meva-sabzavotlarimiz sifati va xavfsizligida muhim omil bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda 80 ta davlatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olindi, ular bilan elektron maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. “GSP+” tizimi doirasida 200 ming gektar maydon xalqaro talablarga moslashtirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Mutasaddilar sohadagi ishlar ko‘lamini kengaytirib, bu yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkazish mumkinligini aytdi.

Buning uchun, avvalo, meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, uzum va dukkakli mahsulotlar yetishtirish ko‘paytiriladi. Hududlarda yana 20 ta mobil laboratoriya tashkil etilib, “uzagrolab.uz” elektron platformasiga integratsiya qilinadi. Pestitsidlar muomalasidagi barcha jarayonlar raqamlashtirilib, sifatsiz pestitsidlarning yurtimizga olib kelinishi va noqonuniy savdosiga barham beriladi.

6 mingta bog‘, 3 mingdan ziyod tokzor va dala maydonlari, 344 ta qadoqlash korxonasi xorijiy fitosanitariya talablariga muvofiqlashtiriladi. Yuqori samarali entomofaglar olib kelinib, zararkunanda hasharotlarga qarshi yangi turdagi biologik kurash yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, yana 8 ta davlatga fitosanitar ruxsat olinadi. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmalarda eksportchi korxonalarimiz ishtiroki kengaytirilib, aniq buyurtmalar shakllantiriladi. Farg‘ona, Samarqand va Toshkent xalqaro aeroportlari hududida meva-sabzavot mahsulotlarni eksport qilishga qaratilgan zamonaviy infratuzilmalar tashkil etiladi.

Xorij tajribasi asosida o‘simliklar himoyasi xodimlarining malakasi oshiriladi. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda har bir mahsulotni yetishtirish, saqlash, qadoqlash va yetkazib berish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqiladi.

Davlat rahbari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash,  eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »