• ishlab chiqarish sohasida — 22 ming 248 nafar;
  • qishloq xo‘jaligi sohasida — 6 ming 858 nafar;
  • xizmat ko‘rsatish (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida — 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uchun);
  • qurilish sohasida — 2 ming 898 ta.

Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 8—14-fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak. Oylik maosh o‘rtacha 2000-2500 AQSH dollarini tashkil etadi.

Koreyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublikaning barcha hududlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida Qirol Sejong fondining koreyalik professional o‘qituvchilari tomonidan koreys tili kurslari tashkil etilgan.

Shuningdek, 2024-yil davomida E-9 va boshqa ishchi vizalari asosida tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 202 33 55, +99871 200 00 61.