Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi 3-fevral, shanba kuni musobaqa mezboni Qatarga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning 27-daqiqasida Hassan al-Haydos qanotdan kirib borib, zarba berdi va to‘p O‘tkir Yusupovga tegib, darvozadan joy oldi. Shu tariqa Qatar hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim qatarliklarning kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa O‘zbekiston faollikni oshirdi. 58-daqiqaga kelib esa muvozanat tiklandi. Odiljon Hamrobekov ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa musobaqa mezbonlarining qo‘li baland keldi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Qatar 7-fevral kuni yarim finalda Eronga qarshi bahs olib boradi.


Osiyo Kubogi

1/4 final bosqichi

3-fevral, shanba

Qatar — O‘zbekiston 1:1 (3:2)

Gollar: 1:0 — 27 O‘tkir Yusupov (avtogol), 1:1 — 58 Odiljon Hamrobekov.

Qatar: Barsham, Ro-Ro, Lukas Mendes, Ali, Salmon (Muhammad, 90), Tarek, Abdulvahob, Gaber (Hatem, 81), Fatahi, Afif, Al-Haydos (Munir, 54), Ali.

O‘zbekistan: Yusupov, Eshmurodov, Ashurmatov, Abdulloyev, Sayfiyev (Abdirahmatov, 99), Turg‘unboyev (Hamraliyev, 105), Hamrobekov, Shukurov, O‘runov (Umarov, 74), Fayzullayev (Erkinov, 114), Masharipov.

Ogohlantirishlar: Barsham (46), Shukurov (69), Munir (89), Ashurmatov (90), Ali (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »