Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak finaldan o‘rin olgan o‘yinlar 31-yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Yaponiya 1/8 finalda Bahraynga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Ritsu Doan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Takefuso Kubo hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 

64-daqiqada esa Suzuki avtogol urib, hisob qisqarishiga sababchi bo‘ldi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Ayase Ueda yaponlarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Yaponiya 3:1 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘l oldi.

Eron esa Suriyaga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 34-daqiqasida Mehdi Taremi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim Eronning kichik ustunligida yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham eronliklarning ustunligi davom ettirilgan bo‘lsa-da, 64-daqiqaga kelib, Suriya hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Omar Harbin penaltidan unumli foydalandi. 90+1-daqiqada Mehdi Taremi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va Eron bir kishi kam bo‘lib qoldi. 

Asosiy bo‘limlar durang natija bilan yakunlangach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Eronning qo‘li baland keldi.


Osiyo Kubogi

1/8 final bosqichi

31-yanvar, chorshanba

Bahrayn — Yaponiya 1:3

Gollar: 0:1 – 31 Doan, 0:2 – 49 Kubo, 1:2 – 64 Suzuki (avtogol), 1:3 – 72 Ueda.

Eron — Suriya 1:1 (5:3)

Gollar: 1:0 – 34 Taremi (penalti), 1:1 – 64 Harbin (penalti).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »