“Ukraina 2024-yilda bir millionta dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda” — The Wall Street Journal
Ukraina 2024-yilda G‘arb davlatlaridan yordam yetkazib berish sekinlashgani sababli 1 millionta dron ishlab chiqarish niyatida, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ). Ular butun mamlakat bo‘ylab kichik ustaxonalarda yig‘iladi.
“Iqtisodiyotimiz bilan biz tanklar ishlab chiqara olmaymiz. Bizning yechimimiz – dronlarni ishlab chiqarish. Eng katta muammo – Xitoydan ehtiyot qismlarni olib, Ukrainaga yetkazib berish”, — dedi Sparrow Avia FPV dron zavodlaridan biri rahbari Nikolay Gavrilyuk.
Ukrainaning raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov hukumat bunday tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun soliqlarni kamaytirishga va import bojlarini bekor qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi WSJ. Gazetaning qayd etishicha, kichik ishlab chiqarish korxonalari ularning joylashuvini sir saqlash imkonini beradi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘tgan yil oxirida 2024-yilda kamida bir million dona dron ishlab chiqarish maqsadini e’lon qilgan edi. Bu 2022-yilga nisbatan qariyb 100 barobar ko‘p, deb yozadi WSJ. Hozirda Ukrainada 62 xil turdagi dronlar ishlab chiqarilmoqda.