Litva Ukrainaga yangi qurollar partiyasini topshirdi
Litva harbiy yordam doirasida Ukrainaga yana bir partiya qurol va o‘q-dorilar yetkazib berdi. Ushbu partiya ichida tankka qarshi granatomyot moslamalari uchun snaryadlar ham bor.
Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina ‘‘tankka qarshi granatomyotlar uchun minglab snaryadlar’’dan tashqari, RISE-1 masofadan portlatish tizimlarini ham oldi.
Biz Ukrainani faol va izchil qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki bu o‘z xavfsizligimiz uchun sarmoyadir. So‘nggi yordamimizning muhim qismi Ukrainadagi hududlarni minalardan tozalash koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, - dedi Litva Mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar