Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi davlat tashkiloti rahbarlariga murojaat qilib, muammosi yechimini kutayotgan fuqaro murojaatlari bilan shaxsan rahbarlarning o‘zi shug‘ullanishi kerakligini, murojaatchi shikoyatiga yechim topilmasa, rahbarlarni shu sabab ishdan olishini aytdi. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Murojaat uchun ishdan olib tashlayman. Vallamating bo‘lsa ham, bunaqa tajribang menga ko‘rinmaydi. Birorta murojaat e’tibordan chetda qoladigan bo‘lsa, muddati buzilgan bo‘lsa, fuqaro undan norozi bo‘lsa, yoki uni borib ko‘rdi-yu, hal qilmagan bo‘lsa, masalan Ohangaron shahrida muammoni borib o‘rgangan, fuqaroning moddiy holati yaxshi bo‘lgani uchun murojaatini rad qilgan. Ammo murojaatchiga bu haqda aytmagan. Murojaatchi esa bizga ‘kelib rasmga tushirishdi, lekin hech qanday javob bermadi’ deyapti. Lozim topilmagan bo‘lsa, buni murojaatchiga aytib, tushuntirish kerak-da. Qabulda har xil narsalar bo‘ldi. Kimdir qizining sarposiga ham pul so‘raydi. O‘rganish kerak bunaqa holatlarda. Kimningdir yeydigan ovqati bo‘lmagan paytda men sarpoga pul berib tursam, bu tepaga ham, pastga ham, qonunga ham, Yaratganning o‘ziga ham ma’qul kelmaydi. Joyida aytish kerak, moddiy yordamga muhtoj bo‘lmasa, biz sizga berolmaymiz deb, — dedi hokim.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 126 nafar fuqaroning 200 dan ortiq  murojaati o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli boshqarma, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Mazkur murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash kabi masalalarga oid bo‘lib, ko‘pchiligi joyida yechimini topdi. Bu kabi sayyor qabullar kelgusida viloyatning boshqa hududlarida ham davom etadi, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »