Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 23-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Turning markaziy o‘yinida “Arsenal” “Liverpul”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 14-daqiqasida Bukayo Saka ochiq darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Gabriel avtogol muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yinni namoyish etdi. 63-daqiqaga kelib, “kanonirlar” hisobda oldinga chiqib oldi. Gabriel Martinelli darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin oxirida esa Trossard yakuniy nuqtani qo‘ydi va londonliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Qayd etib o‘tish joiz, 88-daqiqada “qizillar” futbolchisi Konate qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” o‘zida “Vest Hem”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mankunianliklar safida Rasmus Heylund bitta gol urgan bo‘lsa, Alexandro Garnacho dubl muallifiga aylandi.

Foto: Getty Images

“Chelsi” “Vulverhempton”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Koul Palmer hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Mateus Kunya muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirida Disasi avtogol muallifiga aylandi.

63-daqiqada Kunya dublni rasmiylashtirib, “bo‘rilar” uchun hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 82-daqiqada Mateus penaltini aniq amalga oshirib, het-trik muallifiga aylandi. 86-daqiqada Tyago Silva hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa uchrashuv “Vulverhempton”ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yakshanba kungi bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Skrin: Sofascore

APL

23-tur

4-fevral, yakshanba

“Arsenal” — “Liverpul” 3:1

Gollar: 1:0 – 14 Saka, 1:1 – 45 Gabriel (avtogol), 2:1 – 67 Martinelli, 3:1 – 90 Trossard.

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Kiver, 46), Jorjinyo, Edegor, Rays, Haverts, Martinelli (Trossard, 74), Saka (Nelson, 79).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Robertson, 58), van Deyk, Konate, Gomes (Tyago Alkantara, 85), Mak Allister, Jons, Gravenberh (Elliott, 58), Diogu Jota, Dias, Gakpo (Nunyes, 58).

Ogohlantirishlar: Gomes (25), Uayt (31), Konate (55), Gabriel (57), Kiver (69), Nunyes (90), Saliba (90).

Chetlatish: Konate (88).

“Manchester Yunayted” — “Vest Hem” 3:0

Gollar: 1:0 – 23 Heylund, 2:0 – 49 Garnacho, 3:0 – 84 Garnacho.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Maguayr, Martines (Varan, 71), Shou (Lindelef, 88), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maynu (Maktominey, 64), Garnacho, Reshford, Heylund (Antoni, 88).

“Vest Hem”: Areolya (Fabianski, 46), Soufal (Fillips, 72), Zuma, Agerd, Emerson, Jonson, Uord-Prouz, Souchek (Korne, 72), Alvares, Kudus, Bouen.

Ogohlantirish: Souchek (37).

“Chelsi” — “Vulverhempton” 2:4

Gollar: 1:0 – 19 Palmer, 1:1 – 22 Mateus Kunya, 1:2 – 43 Disasi (avtogol), 1:3 – 63 Mateus Kunya, 1:4 – 82 Mateus Kunya (penalti), 2:4 – 86 Tyago Silva.

“Chelsi”: Petrovich, Gyusto (Gilkrist, 81), Tyago Silva, Disasi, Chiluell (Badyashil, 81), Gallaher, Fernandes, Palmer, Kaysedo (Jekson, 63), Sterling (Mudrik, 72), Nkunku (Chukvuemeka, 72).

“Vulverhempton”: Joze Sa, Semedu, Douson, Kilmen, Gomesh, Ait-Nuri (Bueno, 87), Sarabiya (Doyl, 72), Lemina, Gomes (Doerti, 90), Netu (Bellgard, 72), Mateus Kunya.

Ogohlantirishlar: Gyusto (31), Semedu (39), Netu (41), Kaysedo (56), Chiluell (78).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »