Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Arsenal” o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar safida Tomas Souchek va Konstantinos Mavropanos o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

“Tottenhem” esa “Brayton” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Jek Hinshelvud hisobni ochdi. 23-daqiqada Joau Pedro penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 63-daqiqada esa Pervis Estupian “Brayton”ning uchinchi goli muallifiga aylandi. 75-daqiqada Pedro yana bir bor penaltini aniq amalga oshirdi. 81-daqiqada Alexo Veliz hisobni qisqartirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Ben Devis “kanonirlar” safida gol muallifi bo‘ldi. Shu tariqa o‘yinda 4:2 hisobida “Brayton”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bugungi bahslardan so‘ng APL turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:


APL

19-tur

28-dekabr, payshanba

“Arsenal” — “Vest Hem” 0:2

Gollar: 0:1 – 13 Souchek, 0:2 – 55 Mavropanos.

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Nelson, 64), Edegor, Rays, Trossard (Smit-Rou, 79), Martinelli (Nketia, 64), Saka, Gabriel Jezus.

“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Ogbonna, Mavropanos, Emerson, Uord-Prouz, Souchek, Lukas Paketa (Benrahma, 33), Alvares, Kudus, Bouen.

Ogohlantirishlar: Nelson (72), Gabriel Jezus (90).

“Brayton” — “Tottenhem” 4:2

Gollar: 1:0 – 11 Hinshelvud, 2:0 – 23 Joau Pedro (penalti), 3:0 – 63 Estupinyan, 4:0 – 75 Joau Pedro (penalti), 4:1 – 81 Velis, 4:2 – 85 Devis.

“Brayton”: Stil, Dank, van Xekke, Igor Julio (Estupinyan, 46), Gross, Milner (Moder, 69), Gilmor, Buonanotte (Baleba, 59), Hinshelvud, Uelbek (Fergyuson, 69), Joau Pedro (Lallana, 90).

“Tottenhem”: Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udoji, Hyoyberg, Kulusevski, Sarr (Xil, 65), Son Hyon Min, Jonson (Velis, 70), Risharlison (Lo Chelso, 65).

Ogohlantirishlar: Kulusevski (23), Buonanotte (43), Risharlison (57), Moder (70), Dank (82).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »