Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 19-turida “Manchester Yunayted” 26-dekabr, seshanba kuni “Aston Villa”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Jon Makgin “Aston Villa”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Leander Dendonker hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda mankunianliklar Alexandro Garnachoning dubli evaziga muvozanatni tikladi. Argentinalik futbolchi dastlab 59-daqiqada darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 71-daqiqada yana bir bor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 82-daqiqada Rasmus Heylund burchakdan oshirilib berilgan to‘pni o‘ziga o‘nglab olib, darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “qizil iblislar” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.


APL

19-tur

26-dekabr, seshanba

“Manchester Yunayted” — “Aston Villa” 3:2

Gollar: 0:1 – 21 Makgin, 0:2 – 26 Dendonker, 1:2 – 59 Garnacho, 2:2 – 71 Garnacho, 3:2 – 82 Heylund.

“Manchester Yunayted”: Onana, Uan-Bissaka, Evans, Varan, Diogu Dalot, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maynu (Maktominey, 81), Garnacho, Reshford (Antoni, 80), Heylund.

“Aston Villa”: Martines, Konsa, Diego Karlos, Langle, Din (Moreno, 50), Iroegbunam, Makgin, Dendonker, Beyli (Zaniolo, 77), Duglas Luis, Remzi (Diabi, 77), Uotkins.

Ogohlantirishlar: Remzi (45), Brunu Fernandesh (73), Diego Karlos (74).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »