Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 18-turida “Liverpul” va “Arsenal” 23-dekabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

 

Uchrashuvning 4-daqiqasida londonliklar futbolchisi Edegorning uzatmasidan so‘ng Gabriel hisobni ochdi. 29-daqiqada esa Muhammad Saloh ajoyib harakatlari bilan hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar ehtiyotkorroq harakat qildi va shu sababli darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ushbu durang natijadan so‘ng “kanonirlar” 40 ochko bilan turnir yetakchisi sifatida qoldi. “Liverpul” esa 39 ochko bilan 2-o‘rinda va yetakchini ta’qib qilishda davom etadigan bo‘ldi. 


APL

18-tur

23-dekabr, shanba

“Liverpul” — “Arsenal” 1:1

Gollar: 0:1 – 4 Gabriel, 1:1 – 29 Saloh.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Simikas (Gomes, 35), Endo, Soboslai, Jons (Gravenberx, 68), Saloh, Dias (Elliott, 68), Gakpo (Nunyes, 68).

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Edegor, Rays, Haverts, Martinelli (Trossard, 68), Saka, Gabriel Jezus (Nketia, 78).

Ogohlantirishlar: Saka (38), Endo (45), Haverts (45), Rays (49), Saloh (84), Nketia (86).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »