Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kunda mehnat migratsiyasi geografiyasi kengaytirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Hojiakbar Fayzullaxo‘jayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yevropaning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlari, Angliya, Germaniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Polsha mamlakatlari bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilyapti. Shu bilan birga, Osiyodan Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya kabi davlatlardan ham takliflar bo‘lmoqda. 

“Yaqinda Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi bilan ham rahbariyatimiz muzokara o‘tkazdi. Kanadaga ham qurilish sohasida fuqarolarimizni jalb qilish taklifi bo‘lyapti”,  – deydi mutaxassis. 

Agentlik rahbari o‘rinbosarining taʼkidlashicha, bugungi kunda o‘zbekistonlik fuqarolar asosan qurilish, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ish taklif qilinmoqda. Shuningdek, Yevropada yuk tashish, yaʼni logistika yo‘nalishlarida ham ko‘plab vakansiyalar kelib tushyapti. 

Hojiakbar Fayzullaxo‘jayev taklif qilinayotgan maoshlar xususida ham gapirib o‘tdi.

“Germaniyada 2000–2500 yevro, Koreyada 2000 dollar, Yaponiyada 1500 dollardan boshlanyapti. Oyliklari fuqarolarimizni qiziqtiryapti, ular shu tanlovlarda ro‘yxatdan o‘tishmoqda”, – deydi u. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarining aytishicha, ish beruvchi bilan shartnoma tuzilayotganda xodimning maʼnaviy, ruhiy holatiga taʼsir o‘tkazmaydigan jihatlar ham ko‘rsatiladi. 

“Hattoki, milliy bayramlarimiz nishonlanadigan sanalar ham ko‘rsatiladi. Bu borada ish beruvchilarga majburiyat ham qo‘yamiz, o‘sha kunlari maʼlum diasporani chaqirib bayram qilish bo‘yicha. Bu borada O‘zbekistonning o‘sha mamlakatdagi vakolatxona va elchixona vakillari qatnashadi”, – deya qo‘shimcha qiladi Hojiakbar Fayzullaxo‘jayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »