Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni oshirdi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: “MIR 24”

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev qozog‘istonlik hamkasbi Murat Nurtleuga respublikaga Jambil davlat elektr stansiyasidan elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Qirg‘iziston tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i issiqlik elektr stansiyasi faoliyatini tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi, shuningdek, Qozog‘iston tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hamda elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirish bilan bog‘liq masala tezkorlik bilan hal etilgani uchun minnatdorlik bildirdi, — deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, Murat Nurtleu respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev nomidan qirg‘izistonlik hamkasbi bilan muzokaralar olib borgan. Suhbat chog‘ida Bishkek issiqlik elektr stansiyasi atrofidagi vaziyatni hal qilishda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan. 

Bishkekdagi IES portlashi

2-fevralga o‘tar kechasi Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida portlash yuz berdi. Mahalliy vaqt bilan soat 03:06 da voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadalari chaqirilgan. Yong‘in soat 05:05 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 5 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari ambulator davolanishga yuborilgan. Yana ikki nafari kuyish jarohati bilan reanimatsiyada og‘ir ahvolda. IESdagi avariya tufayli Bishkekdagi 2493 ta ko‘p qavatli uy issiqlik va issiq suvsiz qolgan. Fuqarolarga issiq suv va issiqlik uchun to‘lovlarni qayta hisoblash va’da qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqeaning ikkita versiyasini ko‘rib chiqmoqda, ulardan biri qo‘poruvchilik. Poytaxtdagi barcha maktablar dushanba kunigacha onlayn ta’limga o‘tdi, bugun bolalar bog‘chalari ham yopiq.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Sadir Japarov Bishkek issiqlik elektr stansiyasidagi vaziyatni shaxsan nazoratga olgan. U voqea joyiga tashrif buyurgan va hamma narsani imkon qadar tezroq tiklashni buyurgan. 2-fevral kuni kechqurun Bishkekda issiqlik va issiq suv taʼminoti qisman tiklandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »