Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov 18-may kuni Ar-Riyodda ringga ko‘tariladi.

Jalolov 17-fevral sanasiga belgilangan Fyuri-Usik kardida jang qilishi kerak edi.

Biroq, Tayson Fyurining jarohat olishi natijasida turnir 18-may sanasiga ko‘chirilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bahodir Jalolovning Ar-Riyodda jang qilishi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Shu tariqa Bahodir may oyida ringga ko‘tariladi. Unga chernogoriyalik Dilan Prashovich raqiblik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi bor 17-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, 1-raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Chernogoriyalik bokschi esa professional faoliyati davomida 20 ta jangda ishtirok etib, 17 tasida g‘alaba qozongan va yana 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. 14 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »