Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda har yili bog‘cha tarbiyachilarining o‘rtacha bor-yo‘g‘i 9 foizi malaka oshirayotganiga eʼtiroz bildirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, 12 mingta oilaviy bog‘chada davlat taʼlim standartidagi o‘quv-metodik materiallar yetarli emas.

Maktabgacha taʼlim agentligiga bog‘cha mudiraligiga nomzodlarni saralash, ularni lavozimga tayinlash tizimini ishlab chiqish; barcha bog‘chalarda ovqat, davomat, badal puli kabi jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish; 250 ta davlat bog‘chasida taʼlim va tarbiya sifatini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy qilish topshirildi.

Bog‘chalarni milliy qadriyatlarimizga mos yagona standartlar asosida o‘quv-metodik materiallar bilan taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, 2024-yilda maktablar va maktab taʼlimiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Lekin matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatdi.

Yoki 500 ta maktabda yangi baholash tizimi joriy qilinib, haqiqiy bilim qay darajada ekani aniqlandi. Hozirda 1—11-sinflarda xorijiy tilga ajratilgan 984 soat doirasida o‘quvchilarni yarmi ham B1 darajaga ega bo‘la olmayapti. Shuningdek, ayrim hududlardagi malaka oshirish markazlarining faoliyati ko‘rinmayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »