Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zgidromet” hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 5—6-fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida seshanba kuni kechga tomon baʼzi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

7-fevral, chorshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8—9 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 8-fevralda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 7—8-fevral kunlari qor yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 6—8-fevral kunlari shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati 5—7-fevral kunlari kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq bo‘ladi. 8—9-fevralda kechalari 2-7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Toshkentda 5—6-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8-fevralda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 7—9-fevralda kechalari 3-6 daraja iliq, kunduzi 7-fevralda 7-9 daraja iliq bo‘ladi, 8—9-fevralda 15-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »