Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyo bo‘ylab 4-fevral Saraton kasalligiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili o‘rtacha 10 million kishi, kuniga 28 089 kishi saraton kasalligiga chalinadi. Afsuski, hech kim bunday tashxisdan himoyalana olmaydi.

“Mening hayotim” (1993)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Bryus Joel Rubin
  • Rollarda: Maykl Kiton, Nikol Kidman, Maykl Konstantin, Rebekka Shell, Kuin Latifa

Tashqaridan qaraganda, Bob Jons (Maykl Kiton) hayotda hamma narsaga erishgan: muvaffaqiyatli karyera, go‘zal rafiqa (Nikol Kidman), yaqindagina his qilgan otalik hissi. Biroq ko‘p o‘tmay u buyrak saratoniga chalinganini bilib qoladi — shifokorlar ko‘pi bilan bir yil umri qolganini aytadi. Farzandining bolaligidagi muhim daqiqalarni ko‘ra olmasligini anglagan Bob o‘g‘liga xabarlar qoldirib, uning har bir qadamini tasvirga olishni boshlaydi.

“O‘gay ona” (1998)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Kris Kolambus
  • Rollarda: Juliya Roberts, Syuzan Sarandon, Ed Harris, Jena Meloun, Liam Ayken

Jeki Harrison (Syuzan Sarandon) sobiq eri Lyuk (Ed Harris) uni yosh sevgilisi Izabel (Juliya Roberts)ni deb tashlab ketganini hazm qilolmaydi. Ammo eri ikki farzandidan (12 yoshli Anna va 7 yoshli Ben) voz kechmoqchi emas, shuning uchun u imkon qadar tez-tez ular bilan vaqt o‘tkazishga harakat qiladi. Sobiq ayoli yangi o‘gay onaga hasadi keladi va bolalarni Izabelga qarshi qayrash uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Qizning og‘ir kasal ekanligini bilgach, hammasini unutib, Izabel bilan munosabatlarni yaxshilashga qaror qiladi.

“Toki hayot ekanmiz” (2007)

  • Janr: drama, komediya, sarguzasht
  • Rejissyor: Rob Reyner
  • Rollarda: Jek Nikolson, Morgan Friman, Shon Xeys, Beverli Todd, Rob Morrou

Keksa milliarder va klinikalar tarmog‘ining egasi Edvard Koul (Jek Nikolson) og‘ir tashxis bilan o‘zining kasalxonasiga tushadi. Ikki kishilik xonada u bilimdon avtomexanik Karter Chambers (Morgan Friman) bilan tanishadi. Karterning holidan ko‘plab qarindoshlari xabar olib turadi, Edvardni ko‘rgani esa faqat yordamchisi keladi (milliarder bir necha yil oldin yolg‘iz qizi bilan janjallashib qolgan).

Tasodifan Karterning o‘limidan oldin qilmoqchi bo‘lgan ishlari ro‘yxatiga ko‘zi tushgan Edvard yangi do‘stini barcha orzularini birgalikda amalga oshirishga taklif qiladi — parashyutda sakrashdan tortib dunyo bo‘ylab sayohatgacha.

​“Hayot go‘zal” (2011)

  • Janr: drama, melodrama, komediya
  • Rejissyor: Jonatan Levin
  • Rollarda: Jozef Gordon-Levitt, Set Rogen, Anna Kendrik, Brays Dallas Hovard, Anjelika Hyuston

27 yoshli Adam (Jozef Gordon-Levitt) saraton kasalligiga chalingan, lekin yigit taslim bo‘lmoqchi emas. Adam eng yaqin do‘sti Kayl (Set Rogen) bilan birgalikda jiddiy kasallikning barcha bosqichlarini bosib o‘tadi va asosiy savolga javob berishga harakat qiladi: hayot ma’nosi nima? Hikoya saraton kasalligini yenggan kinossenariy muallifi Uill Rayzerning hayotiy tajribasiga asoslangan.

“Proffesor” (2018)

  • Janr: drama, komediya
  • Rejissyor: Ueyn Roberts
  • Rollarda: Jonni Depp, Rozmari DeVitt, Odessa Yang, Denni Hyuston, Zoi Deytch

Kollej professori Richard Braun (Depp) o‘rta yoshdagi inqirozni boshdan kechirmoqda: ishi endi zavq keltirmaydi, xotini bilan ajrashadi va o‘smir qizi uydan ketmoqchi. Richardga saraton tashxisi qo‘yilgach, hammasi o‘zgaradi. Erkak oldingi munosabat va cheklovlarni unutishga qaror qiladi va o‘zi istagandek yashashni boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »