Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iste’dodli aktyor nafaqat tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ladi, balki film prodyuserlariga ham mo‘maygina daromad keltiradi.

Samuel L. Jekson — 5,7 milliard dollar

Afsonaviy Samuel L. Jekson nafaqat hamkasblari, balki muxlislari orasida ham hurmatga sazovor. Uning karyerasi “Jinoiy asar” dramasini suratga olinishidan ancha oldin boshlangan bo‘lsa-da, ushbu loyihadagi ishtiroki aktyorni mashhur qiladi — o‘sha paytda aktyor salkam ellik yoshda edi. Shundan so‘ng Samuel turli loyihalarda faol ishtirok etishni davom ettiradi va bu uni Gollivuddagi eng daromadli aktyorga aylantiradi. Samuel suratga tushgan filmlarning umumiy qiymati 5,7 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kichik Robert Dauni — 5,4 milliard dollar

Robert bolaligidan filmlarda rol o‘ynashni boshlagan. Ammo noqonuniy moddalar bilan bog‘liq muammolar uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt o‘tishi bilan kichik Dauni ora-sirada filmlarga chaqiriladi. Ammo 2008-yilda aktyor “Temir odam” filmida Toni Stark rolini o‘ynagach, hammasi o‘zgaradi. Tashqi ko‘rinishi va xarizmasi bilan u personajiga to‘liq mos tushadi va muxlislar armiyasiga ega bo‘ladi. Faqat Marvel olamining filmlari va Sherlok Xolms dilogiyasi tufayli kichik Robert Dauni ishtirok etgan loyihalar jahon prokatida 5,4 milliard dollar ishlab topadi.

Tom Xenks — 5 milliard dollar

Agar yuqoridagi aktyorlar nafaqat dramatik loyihalarda, asosan blokbasterlarda rol o‘ynagan bo‘lsa, Tom Xenks kassasi 5 milliard dollarni tashkil etgan filmlarda suratga tushgan. Tom Xenks Gollivuddagi eng hurmatli va daromadli aktyorlardan biri hisoblangani ajablanarli emas. Chunki u qaysi filmlarda rol o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi.

Skarlett Yoxansson — 5,2 milliard dollar

Skarlett Yoxansson ham Gollivuddagi eng daromadli aktrisalardan biri hisoblanadi. Ammo u karyerasini kichik va ko‘zga tashlanmaydigan rollardan boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan u “Temir odam 2”, “Kapitan Amerika 2”, “Qora beva”, “Qasoskorlar” kabi yirik loyihalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ladi. Maftunkor aktrisa ishtirok etgan filmlar jahon prokatida jami 5,2 milliard dollar ishlab topgan.

Tom Kruz — 4,5 milliard dollar

Tom Kruz filmlarda tryuklarning ko‘pini o‘zi bajarishi bilan faxrlanadi. Aktyor ishtirok etgan loyihalarning umumiy miqdori 4,5 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kris Pratt — 4,3 milliard dollar

Kris Pratt o‘z ustingizda ishlash nafaqat tashqi ko‘rinish, balki hayotingizni ham tubdan o‘zgartirishi mumkinligining haqiqiy namunasidir. Aktyor “Galaktika qo‘riqchilari” filmidagi roli uchun qattiq tayyorgarlik ko‘ra boshlaganidan so‘ng, unga yorqinroq va xarizmatik qahramonlar taklif qilina boshladi. Kris Pratt ishtirokidagi filmlar dunyo bo‘ylab 4,3 milliard dollar yig‘gan.

Zoi Saldana — 3,9 milliard dollar

Zoi Saldana — turli xil rollarni o‘ynagan iste’dodli va yorqin aktrisa. Bundan tashqari, u kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan uchta loyiha — “Avatar”, “Qasoskorlar: abadiyat jangi” va “Qasoskorlar: xotima” filmlarida rol o‘ynagan yagona aktrisadir. Hozircha hech kim Zoi Saldananing bunday noodatiy rekordini takrorlay olmadi. Aktrisa ishtirokidagi barcha filmlar jami 3,9 milliard dollar ishlab topgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »