Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

28-yanvar turk seriali tomoshabinlari va ayniqsa “Qo‘rg‘on sirlari” muxlislari uchun juda quvonchli kun — Mert Ramazon Demir shu kuni 26 yoshga to‘ldi.

Mert 1998-yil 28-yanvarda Shila shahrida ko‘p bolali oilada tug‘ilgan. Mertning besh akasi va singlisi bor, lekin uning oilasi omma e’tiboridan chetroqda turishni afzal ko‘radi, o‘zi ham ularning hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishishga shoshilmayapti. Demirning ota-onasi qiyin kunlarni boshdan kechirgan, oila doimo pulsizlikdan qiynalgan, lekin oila a’zolari o‘rtasidagi iliq va ishonchli munosabatlar ularga har doim barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi.

Mert maktab yillarida futbolga mehr qo‘ygan va professional sportchi bo‘lishni orzu qilgan. Biroq maktab teatrida sahnalashtirilgan “Gamlet” spektaklida qatnashgandan so‘ng, hammasi o‘zgaradi. 

“O‘shanda 17 yoshda edim — akam bilan yashardim, u Denizlidagi kollejda o‘qirdi. Men “Gamlet” pyesasiga tayyorlanayotgan edim. O‘sha lahzani eslaganimda, menga juda ajoyib tuyuladi. Teatrga juda qiziqib qolganman: bu hayotimdagi birinchi rolim edi”, — deydi u.

O‘shandayoq u aktyor bo‘lishni xohlayotganini tushunadi. Shuning uchun u Dialogik aloqalar akademiyasiga, keyin esa Beykent universiteti konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. Shu bilan birga, Mert Mishel Dannerning aktyorlik studiyasida ham tajriba orttiradi.

Ijodi

Mert aktyor bo‘lishga qaror qilgandan so‘ng, barcha kastinglarda qatnasha boshlaydi. Qat’iyat va sabr tufayli u “Muhtasham yuz yil: Kosem imperiyasi” teleserialida kichik rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi. Garchi uning ijrosidagi epizodik rol tomoshabinlar yodida qolmagan bo‘lsa ham, Demir u yerda yangi tanishlar va bebaho tajriba orttiradi.

Ko‘p o‘tmay u “Fazilat xonim va uning qizlari” teleserialida kichik rol o‘ynaydi. Ushbu loyihaning suratga olish ishlari tugagandan so‘ng, Mert nihoyat aktyorlik uning taqdiri ekanligiga amin bo‘ladi. O‘sha paytda “O‘qituvchi” teleserialidagi roli unga katta shuhrat keltiradi.

Shundan so‘ng Mert Ramazonning aktyorlik karyerasi tezlik bilan rivojlana boshlaydi. U muntazam ravishda yangi loyihalarga chaqiriladi, mashhur brendlar ham unga bir necha million dollarlik reklama shartnomalarini imzolashni taklif qiladi.

Bu orada u “Usmonli imperiyasining yuksalishi”, “Shohmoron”, “O‘lish vaqti emas”, “Yalang‘och”, “Men senman”, “Ovozingda muhabbat bor” kabi filmlarda rol o‘ynaydi.

Mert Ramazon Demir “Qo‘rg‘on sirlari” serialida

2022-yil 23-sentyabrda Turkiyada yangi “Qo‘rg‘on sirlari” seriali namoyishi boshlanadi. Dastlabki epizodlardanoq u yetakchi loyihaga aylanadi, undagi aktyorlar ham jahon miqyosida shuhrat qozonadi. Serialda Mert Turkiyadagi mashhur zargarning dangasa, qaysar va xudbin nabirasi Ferit Korhan obrazini gavdalantiradi. Biroq Seyran Shanli (Afra Sarachog‘lu) bilan majburan turmush qurishi uni o‘zgarishga majbur qiladi.

Demir qahramonining qiyofasiga tezda kirishib ketadi. Uning ijrosiga qarab, tomoshabinlar Feritning barcha his-tuyg‘ularini hayotiy deb o‘ylaydi. Serial muxlislari bir vaqtning o‘zida Xolis og‘aning nabirasini ham yaxshi ko‘radi, ham yomon ko‘radi, unga achinishadi va hamdard bo‘lishadi.

Mert serialdagi obrazini 100 foiz his qila oldi. Aynan shu serial turk aktyoriga o‘z mahoratining ko‘p qirraliligini namoyish etishga imkon berdi.

Shaxsiy hayoti

“Qo‘rg‘on sirlari” filmini suratga olish paytida, hali mashhur bo‘lmasidan oldin, aktyorning shaxsiy hayoti haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘q edi. 2023-yilda Demir va uning hamkasbi Afra Sarachog‘li o‘rtasida ishqiy munosabat bo‘lganligi haqida mish-mish paydo bo‘ldi. Bir necha oy o‘tgach, turk ommaviy axborot vositalari hatto ularning birgalikdagi ta’tilining yorqin fotosuratlarini ham chop etdi. Ammo aktyorlarning o‘zlari bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

2023-yilning qishida Afra Mert bilan o‘rtasida hech narsa yo‘qligini aytdi. Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari ularning ajralishi haqidagi xabarlar bilan tom ma’noda “portladi”. Demirning o‘zi esa hamon indamayapti.

Qiziq faktlar

  • ​Mert tez-tez intervyu beradi va jurnalistlarning shaxsiy hayotiga aloqador bo‘lmagan savollariga mamnuniyat bilan javob beradi. U suratga olish ishlaridan tashqari paytda yolg‘iz qolishni va musiqa tinglashni yoqtirishini aytadi.
  • Aktyorning oyog‘ida 701 raqami tushirilgan tatuirovka bor. Biroq uning asl ma’nosi noma’lum.
  • Demir vazni va qomatini nazorat qiladi, lekin u diyetadan ko‘ra sport zaliga borishni afzal ko‘radi.
  • Mert Ramazan Demirni nafaqat kino loyihalarda, balki reklama roliklarida ham ko‘rish mumkin. U yoshligidayoq Magnum muzqaymoq brendi reklamasida rol o‘ynagan.
  • Hozirda mashhur aktyor “Qo‘rg‘on sirlari” filmini suratga olish ishlari bilan band. Ijodiy jamoa o‘z muxlislarini xursand qilish uchun kecha-yu kunduz ishlamoqda.

Mert bo‘sh vaqtida sayohat qilishni va do‘stlari bilan uchrashishni afzal ko‘radi. U o‘z-o‘zini rivojlantirishni ham unutmaydi — professional adabiyotlarni o‘qiydi va sevimli aktyorlari ishtirok etgan filmlarni tomosha qiladi.

Ramazon Demir o‘zi uchun boshqa kasbni tasavvur qila olmaydi. Charchoq va mashaqqatli suratga olish uning uchun jazo emas, balki hayotining mazmuni. 

“Men suratga olish maydonchasida o‘tadigan hayotni orzu qilaman. Aytganimdek: yozish, hammasini bir joyga jamlash va ijro etish. Maqsadim ijod qilish”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »