Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kim ham kelishgan va kuchli yigit bilan tumush qurishni orzu qilmaydi deysiz. Mazkur qizlar umr yo‘ldoshlariga aylangan mashhur sportchilar bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lishgan.

Shakira va Lyuis Xemilton

Shakiraning futbolchi Jerar Pike bilan ajrashganidan keyin yana sevib qolgani ko‘pchilikni hayron qoldirdi. O‘tgan yozda xonandaning poygachi Lyuis Xemilton bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Garchi ular munosabatlarini tasdiqlamagan bo‘lsalar ham, paparatssilar fotosuratlari va videolarida ko‘plab dalillar mavjud. Avval futbolchi, endi esa poygachi…Yulduz uchun sport muhim emas, asosiysi, uning yonida ajoyib formadagi kelishgan yigit bo‘lishi kerakdir, ehtimol.

Teylor Svift va Trevis Kelsi

Sentyabr oyida Teylor Sviftning futbolchi Trevis Kelsi bilan munosabatlari ma’lum bo‘ldi. Juftlik buni ommadan ham, kameralardan ham yashirmaydi, xonandaning o‘zi muntazam ravishda sevgilisining o‘yinlariga boradi. Yulduz munosabatlarda boy tajribaga ega. Teylorning ko‘plab yigitlari bo‘lgan, qiziq, bu safar qanchalik jiddiy? Insayderlar bu hikoyaning baxtli yakunlanishini bashorat qilmoqda. Ular xorij OAVlariga juftlik yozda unashtirilganliklarini e’lon qilishlari haqida xabar berishdi.

Irina Sheyk va Tom Bredi

Ayrim muxlislar Irina Sheyk Bredli Kuper bilan ajrashganidan afsusda bo‘lsa, boshqalar uning futbolchi Tom Bredi bilan tanishganidan xursand. Ularning munosabati faqat o‘tgan yozda paydo bo‘lgan mish-mishlar orqali ma’lum. Mazkur sevgi hali vaqt sinovidan o‘tmagan, shuning uchun model shaxsiy hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishishga shoshilmayapti. Biroq insayderlarning so‘zlari va paparatssilar kuzatuvi natijalari yangi juftlikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytirmoqda.

Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu

Son-sanoqsiz modellar Krishtianu Ronalduning e’tiboriga tushishni xohlaydi, lekin aynan Jorjina Rodriges uning qalbini zabt eta oldi. Model va futbolchi 2019-yilda turmush qurishgan. Bu bir qarashda sevgi bo‘lgan — Ronaldu bir ijtimoiy tadbirda tasodifan Rodrigesni ko‘rib qoladi va yuragi jiz etadi. Futbolchi sevgilisining hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiribgina qolmay, uni yanada mashhur va boy qildi.

Viktoriya va Devid Bekxem

Viktoriya va Devid Bekxem turmush qurganiga deyarli 25 yil bo‘ldi. Viktoriyaning o‘zi ham sportni yaxshi ko‘radi. U Devid bilan birga mashg‘ulotlarga boradi, to‘rt farzandning onasi bo‘lishiga qaramay, u hali ham nozik va turmush o‘rtog‘iga mos. Ko‘p yillar davomida hasadgo‘y odamlar bir necha bor er-xotin o‘rtasiga nizo solishga harakat qilgan, ammo bu yulduzlarning sevgisi internetdagi mish-mishlardan ko‘ra kuchliroq chiqdi. Darvoqe, Devid o‘g‘illarida futbolga mehr uyg‘otgan. O‘g‘illaridan, ayniqsa, Romeo muvaffaqiyatli sport karyerasiga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »