Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yosh, chiroyli, iste‘dodli va eng muhimi - butun dunyoda mashhur bu qizlarga hamma havas qilishi mumkin. Ular olamshumul mashhurlik keltirgan yuqori darajadagi filmlarda rol o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldi.

Jenna Ortega

Jenna Orteganing aksariyat muxlislari 2022-yilda “Uenzday” seriali efirga uzatilgunga qadar u haqida bilishmagan. Aktrisa Uenzday Addams rolini o‘ynaydi va tom ma’noda birinchi epizod chiqqandan keyin ertasi kuniyoq olamshumul mashhurlikka erishadi. Loyiha juda shov-shuvli bo‘ladi. Jennaning ajabtovur raqsi esa internetni portlatib yuboradi. U atigi 20 yoshida ijtimoiy tarmoqlarda o‘n millionlab obunachilarga ega bo‘ladi.

Anya Teylor-Joy

Tomoshabinlar kundalik hayotda sap-sariq sochli Anya Teylor-Joyni ko‘rganlarida hayratda qolishadi. Uning 2020-yilgi “Qirolichaning yurishi” mini-serialidagi qahramoni muxlislar ongiga juda qattiq singib ketgan. Filmda u malla sochli shaxmatchi qiz qiyofasida paydo bo‘ladi. Loyiha aktrisaga butun dunyo bo‘ylab katta mashhurlik keltiradi. Teylor-Joy qizil gilamlardan va jamoatchilikning bunday e’tiboridan biroz qo‘rqishini tan oladi.

Xolli Beyli

Xolli Beylining “Kichik suv parisi” filmidagi bosh roli o‘tgan yili katta qiziqish uyg‘otdi. Premyeradan oldin aktrisa muhokama mavzusiga aylandi. Irqiy kamsitish tufayli jamoatchilik Xollini suv parisi sifatida qabul qilishdan bosh tortdi, chunki original hikoyada qahramon butunlay boshqacha ko‘rinishga ega edi. Ushbu film tufayli millionlab odamlar yosh aktrisa haqida bilib olishdi.

​ Taissa Farmiga

Afsonaviy “Amerikancha dahshatli hikoyalar” serialining yorqin yuzi — Taissa Farmiga. Aynan shu serial aktrisani atigi 17 yoshida butun dunyoga mashhur qilgan. Hozirda yulduzning filmografiyasi juda katta va rang-barang, ammo mazkur film hali ham uning tashrif qog‘ozi bo‘lib qolmoqda.

Bella Remzi

Bella 2016-yildan beri filmlarda rol o‘ynaydi, ammo hamma u haqida faqat bir yil oldin “So‘nggi odam” seriali chiqqandan keyin gapira boshladi. Bella Remzi serialda bosh rolni o‘ynadi va hali 19 yoshidayoq mashhurligi bir necha bor oshdi. U partnyori Pedro Paskal bilan ekranda ajoyib tandem yaratishdi. Hozirda yulduz uchun katta kino eshiklari ochiq. Bu yil Bella hatto “Oltin globus”ning qizil gilamida ham suratga tushdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »