Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mazkur aktyorlar ikkinchi darajali rollarni shu qadar yaxshi ijro etganki, natijada film bosh qahramonlarini o‘zlarining mashhurlik soyalarida qoldirib ketgan.

Jonni Depp

Film: “Karib dengizi qaroqchilari”

“Karib dengizi qaroqchilari” haqidagi filmni ko‘rmagan odamni topish qiyin. Ushbu franshiza Jonni Deppning xarizmasi tufayli deyarli yigirma yildan beri sevib tomosha qilinadi.

Ammo dastlab, birinchi filmda Depp shunchaki ikkinchi darajali aktyor edi, uni sikvelga taklif qilish rejalashtirilmagan.

Biroq Jonni shu qadar quvnoq va unutilmas qaroqchi obrazini yaratadiki, u bir zumda tomoshabinlar nazarida bosh qahramonga aylanadi.

Aktyor o‘sha paytda ancha mashhur bo‘lgan Orlando Blum va Kira Naytlini osongina ortda qoldiradi. Natijada yillar o‘tib, Jonni Depp tufayli rejissorlar filmning rejalashtirilgan uchta emas, balki oltita qismini suratga oladi.

Tom Kruz

Film: “Omadsiz askarlar”

Tom Kruz doimo qayergadir yugurib, hammani nimadandir qutqarib qolishiga tomoshabinlar o‘rganib qolgan. Uning hamkasblari hatto bu mavzuda hazillashib, Kruzning diqqat markazida bo‘lish istagini masxara qilishadi.

Biroq aktyor karyerasida birgina ajoyib film bor: bu rol asosiy tugul, ikkinchi darajali ham emasdi. Uning roli juda kamtar bo‘lib, film sujetiga deyarli ta’sir qilmasdi. Biroq shunday kichik rolda ham aktyor filmning eng esda qolarli qismiga aylana oldi.

Gap “Omadsiz askarlar” komediyasi haqida ketmoqda. Tom Kruz toshbag‘ir va jahldor milliarder Less Grossman rolini ijro etgan. Aktyor rolining aksariyat qismini improvizatsiya qilgan va bu juda tabiiy ko‘rinadi.

Natijada Kruz ham filmning bosh qahramonlari bo‘lgan o‘nga yaqin A ro‘yxatidagi aktyorlarni iste’dodi bilan ortda qoldiradi.

Uma Turman

Film: “Jinoiy asar”

Kventin Tarantinoning kult filmi ko‘plab kinomanlar tomonidan sevib tomosha qilinadi. Turli xil jurnalistlar rejissorga ushbu film haqida muntazam ravishda savollar berishadi.

Lekin ba’zida rejissordan bosh qahramonlar haqida ham so‘rashadi. Biroq Tarantino kutilmaganda filmning bosh qahramonlari Vinsent Vega va Juis Uinfildni emas, balki Mia Uolles obrazini ijro etgan Uma Turmanni e’tirof etadi.

Rejissor, shuningdek, Mia Uolles o‘zi yaratgan eng yaxshi personaj ekanini ta’kidlaydi.

Rianna

Film: “Valerian va ming sayyoralar shahri”

Lyuk Bessonning filmlari odatda kinoda haqiqiy kult hodisasidir. Biroq ularning hammasini ham muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi.

Misol uchun, yaqinda “Valerian va ming sayyoralar shahri” ilmiy-fantastik filmi ekranlarga chiqdi va deyarli darhol unutildi.

Filmda chiroyli grafika, yaxshi sujet, lekin juda zerikarli bosh qahramonlar bor edi. Ammo barcha aktyorlar ichida faqat ajoyib qo‘shiqchi Riannani eslash mumkin, u o‘zga sayyoralik Babbl rolini juda ajoyib o‘ynagan.

Biroq premyerada ham Rianna filmning muvaffaqiyatsiz aktyorlari sabab yana soyada qoldi.

Kristof Vals

Film: “Manfur kimsalar”

Vals vijdonsiz harbiy jinoyatchi rolini o‘ynaydi, lekin negadir tomoshabinlar bu personajni yomon ko‘rmaydi, aksincha bu obraz ularga yoqadi. Aktyor ushbu filmga to‘liq mos keladigan shunday xarizmatik obraz yaratadiki, tomoshabinlar filmdagi Bred Pitt kabi yulduzlarni ham unutib qo‘ydi.

O‘sha paytda Kristof Vals unchalik tanilmagan aktyor edi, lekin u ko‘p yillik tajribaga ega Gollivud aktyorlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik hatto Kventin Tarantinoning o‘zi ham (film rejissori) Vals rolini juda yaxshi ijro etganini tan oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »