Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zi mashhurlarga omad kulib boqadi: ularga tug‘ilgandanoq ajoyib ism va familiyalar beriladi, ayrimlar esa bu sohadagi boshqa hamkasblaridan farq qilish uchun ismini biroz o‘zgartirishi yoki ularni butunlay almashtirishi kerak bo‘ladi.

Lili Jeyms

Aslida aktrisaning ismi — Lili Xloye Ninett Tomson. U taxallus sifatida erta vafot etgan otasi, musiqachi Jeyms Tomsonning ismini olgan. Yosh aktrisa Aktyorlar gildiyasida allaqachon Lili Tomson ismli aktrisa borligi sababli taxallus tanlash zaruratiga duch kelgach, hech ikkilanmasdan otasining ismidan foydalanadi.

Vin Dizel

Aktyorning haqiqiy ismi — Mark Sinklerdir. U ijodiy karyerasini boshlashdan oldin o‘zini “Vin Dizel” deb atay boshlagan. O‘sha paytda u tungi klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, u o‘ziga yanada jarangdor va “kuchli” taxallus kerak deb hisoblagan.

U taxallusi uchun otasi — o‘qituvchi va teatr menejeri Irving Vinsent familiyasining birinchi bo‘g‘inini oladi. Bo‘lajak aktyor taxallusining ikkinchi qismini esa do‘stlari beradi — ular aktyorni dizelli dvigatel kabi energiyaga ega ekanligiga ishora qilgan.

Odri Hepbyorn

Odri Ketlin Raston aristokratlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Jozef Viktor Entoni Raston o‘zini Shotlandiya qirolichasi Merining uchinchi eri, Dyuk Jeyms Hepbyornning avlodi deb ishongan. Shuning uchun otasi o‘z familiyasini Hepbyorn-Rastonga o‘zgartiradi.

Kichkina Odri ham qo‘shaloq familiya oladi, ammo keyinchalik qiz balet bilan shug‘ullanib, filmlarda rol o‘ynashni va modellik qilishni boshlagach, familiyasidagi Raston qismini olib tashlaydi.

Ben Kingsli

Krishna Pandit Bhanji ismi tufayli ishga kira olmaganini tan oladi, ismi titrlarda g‘alati ko‘rinardi. Ammo yosh aktyor o‘zini “Ben Kingsli” deb atashi bilanoq, karyerasi darhol boshlanadi. Prodyuserlardan biri hatto unga musiqa bilan shug‘ullanishni va pop yulduzi bo‘lishni taklif qiladi. Kingsli bu taklifni rad etadi: o‘sha paytda u Qirollik Shekspir truppasiga qo‘shilishga qaror qilgandi.

Vaynona Rayder

Tug‘ilganda, aktrisa Vaynona Laura Horovits deb atalgan. U taxallusini otasi muxlis bo‘lgan qo‘shiqchi Mitch Rayder sharafiga oladi. 1986-yilda Vaynona o‘zining birinchi rolini o‘ynaydi. Undan titrda qanday ism ostida chiqishini so‘rashganda, qiz kastingga yuborgan kassetadagi fonda Mitch Rayder qo‘shig‘i yangraganini eslaydi. Shu tariqa aktrisa Rayder taxallusini oladi.

Nikolas Keyj

Aktyorning haqiqiy ismi — Nikolas Kim Koppola. Otasi tomondan u rejissor Frensis Ford Koppolaning jiyani, shuningdek, rejissorlar Roman Koppola va Sofiya Koppolaning amakivachchasi.

Faoliyati boshida Nikolas hatto mashhur amakisining bir nechta filmlarida rol o‘ynagan. Ammo keyin u o‘zi muvaffaqiyatga erishishga qaror qiladi va rejissorlar uni mashhur sulola vakili bo‘lgani tufayli rol bermasliklari uchun Nikolas Keyjga aylanadi. Aktyor o‘z familiyasini komikslar super qahramoni Lyuk Keyjdan olgan.

Xoakin Feniks

Xoakin Rafael Bottomga familiyasini o‘zgartirishga ota-onasi yordam beradi. Ular oilasiga kuldan yaralib, yangi hayot boshlaydigan afsonaviy qush Feniks nomini familiya sifatida tanlashadi. Natijada ularning besh nafar farzandi, jumladan Xoakin ham yangi familiyaga ega bo‘ladi.

Vupi Goldberg

Yosh Kerin Eleyn Jonson familiyasini “yetarlicha jarangdor emas” deb o‘ylaydi, shuning uchun uni yanada yorqinroq va esda qolarlisi bilan almashtiradi. Aktrisaning taxallusi bolaligidagi “Vupi” laqabidan kelib chiqqan bo‘lib, tarjima qilinganda “yostiqcha” degan ma’noni anglatadi.

Demi Mur

Demi Jin Gayns shou-biznesga juda yoshligida kirib kelgan. 18 yoshida u o‘zidan 12 yosh katta bo‘lgan qo‘shiqchi Freddi Murga turmushga chiqadi. Demi erining familiyasidan taxallus sifatida foydalangan va ajrashgandan keyin ham o‘zida saqlab qolgan.

Bryus Uillis

Uolter Bryus Uillis ismining birinchi qismidan voz kechadi. Uning eslashicha, yoshligida u duduqlangan, shu sabab ismini aytishga qiynalgan. Natijada sinfdoshlarining masxaralariga nishon bo‘lgan. Ular kichik Uolterga “Bak-Bak” deb laqab qo‘yib olishadi. Ammo tez orada bolakay teatr guruhiga qo‘shiladi va nutqidagi nuqsonlardan butunlay xalos bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »