Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir haftalik ish bilan band bo‘lganingizdan so‘ng, issiq adyolga o‘rangan holda qaynoqqona choy ichib, yaxshi film tomosha qilishni xohlaysiz. Agar dam olish kunlarini oilangiz bilan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi film yoki multfilmlar birgalikda tomosha qilish uchun ayni muddao.

“Leo”

Mazkur animatsion film butun umrini maktab jonli burchagida o‘tkazgan 74 yoshli kaltakesak Leo va uning do‘sti toshbaqa Skvirtlning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bir kuni Leo o‘zi tegishli bo‘lgan tur 75 yil yashashini bilib qoladi va bir yil umri qolganini tushunadi. Aytgancha, original multfilmda kaltakesakka Adam Sendler ovoz bergan.

IMDb reytingi: 7.0.

“Shazam! Xudolar g‘azabi”

Ushbu superqahramonlik haqidagi komediya filmi DC Comics’ning xuddi shu nomdagi qahramoni haqida hikoya qiladi. Film 2019-yilda chiqqan “Shazam!” filmining davomi. Voqealar Atlas titanining qizlari singan sehrli tayoqni ta’mirlash va undan foydalanish uchun o‘g‘irlashi bilan boshlanadi. Filmda bosh rolni komediyachi va qo‘shiqchi Zakari Levi ijro etgan.

IMDb reytingi: 6.0.

“Yo‘qolgan qizlar oroli”

Filmda oqim sabab noma’lum orolga kelib qolgan opa-singillar haqida hikoya qilinadi. Syujet davomida ular yuzlab dengiz sherlari va ulkan dengiz fillari bo‘lgan suv g‘origa kelib qoladi. Qizlar uzoq mayoq tomon yo‘l olishmoqda va bu yo‘lda ular hech qachon taslim bo‘lmaslik va birga qolish qanchalik muhimligini tushunadi.

IMDb reytingi: 8.0.

“Yura davri uy hayvonlari”

Bir kuni Junior ismli kichik dinozavr bizning dunyoga kelib qoladi va jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo ikki o‘smir unga yordam berishga qaror qiladi va shu bilan birga yovuz odamlarni dinozavrlar mamlakatiga sehrli kirish joyidan haydab chiqaradi. Ularga film qahramonlaridan birining jasur buvisi yordam beradi.

IMDb reytingi: 6.1.

“Cho‘l shahzodasi”

Bu film berber qabilasidan bo‘lgan bolakay va uning Sahroi Kabir cho‘lidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Bir kuni u tuya bolasini uchratib qoladi va unga g‘amxo‘rlik qiladi. Tez orada bo‘taloq poygalarda qatnashish uchun zarur bo‘lgan tezlik va chidamlilikka ega ekanligini tushunadi. Agar u poygada yutsa, qishlog‘ini ham, ochko‘z savdogarlar allaqachon ko‘z tikib qo‘ygan tuyasini ham saqlab qoladi.

IMDb reytingi: 6.1.

“Qutqaruvchi it Rubi”

Mazkur film real voqealarga asoslangan bo‘lib, qidiruv-qutqaruv guruhiga qo‘shilishni orzu qilgan Daniel O’Nilning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Ammo buning uchun u Rubi laqabli qaysar it bilan do‘stlashishga majbur bo‘ladi.

IMDb reytingi: 7.2.

“Elementar”

Bu ikki xil element vakillari bir-birlarini sevib qolishlari va darhol bir qator muammolarga duch kelishlari haqidagi multfilm. Animatsion film ustida ishlashga 7 yil ketgan. “Elementar” bir nechta mukofotlarga, shu jumladan “Oltin globus”ga nomzod bo‘lgan.

IMDb reytingi: 7.0.

“Sonik kinoda 2”

Filmning ikkinchi qismida mashhur Sonik va Teylz kompyuter o‘yini qahramonlari yana doktor Robotnik va uning yangi yordamchisi yexidna Naklzga qarshi chiqadi. Ikkalasi ham Zumrad ustani birinchi bo‘lib topishga va raqiblarini aldashga harakat qilmoqda. Tomoshabinlar qahramonlar sarguzashtlarini kuzatib borishdan shunchalik zavqlanishdiki, franshiza ijodkorlari o‘ta tezkor tipratikan haqidagi uchinchi filmning yaqin orada ekranga chiqishini e’lon qildi.

IMDb reytingi: 6.5.

“Matilda”

Ushbu 2022-yilgi musiqiy film kitoblarni yaxshi ko‘radigan va g‘aroyib qobiliyatga ega bo‘lgan qiz haqidagi hikoyaning yana bir ekranga moslashuvi. Filmda asosiy rollarni yosh Alisha Veyr va Kranchem Holl maktabining shafqatsiz direktori Tranchbull xonimni grimda deyarli tanib bo‘lmaydigan Emma Tompson o‘ynagan.

IMDb reytingi: 7.0.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »