Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik Yangi yilda “Uyda yolg‘iz” va Gollivudning boshqa filmlarini tomosha qiladi. Ammo, tan olish kerakki, bu kabi mashhur filmlar eng ashaddiy muxlislarining ham joniga tegishi mumkin. Shu bois dunyoning turli burchaklarida suratga olingan Yangi yil haqidagi filmlarni to‘pladik.

“Aqlbovar qilmas Rojdestvo” (Germaniya, 2007)

IMDb reytingi — 6.1

Sara to‘rtinchi marta turmushga chiqqan. Rojdestvo yaqinlashmoqda va u bu bayramni nafaqat eri, oldingi nikohdagi uchta farzandi va erining birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li bilan nishonlashga qaror qiladi. Sara barcha sobiq erlarini ham bayramga taklif qiladi. Ziyofat o‘rtasida u yana homiladorligini e’lon qiladi. Kechki ovqat esa kutilmagan komediyaga aylanadi.

“Mehmonxonadagi Rojdestvo” (Kanada, 2017)

IMDb reytingi — 7,3

Jenna va Kevin — jurnalist. Yangi yildan keyin ularning jurnalida xodimlar sonini qisqartirish kutilmoqda. Rojdestvo haqida eng yaxshi maqola yozgan kishi ishda qoladi. Qahramonlar tog‘-chang‘i kurortiga xizmat safariga boradi. Biroq yo‘lda ular qor bo‘roniga tushib qolishadi. Jenna va Kevin keksa er-xotin boshqaradigan kichik mehmonxonada qoladi. Va ular bu bino buzilishi haqida xabar topadi. Qahramonlar mehmonxona uchun kurashishga va bu haqda maqola yozishga qaror qiladi. Bu yo‘lda ular bir-birlari bilan yanada yaqinlashadi.

“Santa Hryakus: dahshatli ertak” (Buyuk Britaniya, 2006)

Bu xayoliy Yassi dunyoda sodir bo‘ladi. Bu yerda Rojdestvo emas, balki Qo‘rquv kuni nishonlanadi. O‘z navbatida hammaga sovg‘alarni Santa Klaus emas, balki Santa Hryakus keltiradi. Ammo keyingi bayram arafasida Rojdestvo afsungari va tish parisi yo‘qolib qoladi. Yassi dunyo sehrgarlari yo‘qolganlarni topish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qiladi.

“Santa va kompaniya” (Fransiya, 2017)

IMDb reytingi — 6,3

Rojdestvo arafasida elflar tushunarsiz kasallikka chalinadi. Ammo sayyoradagi barcha bolalar sovg‘alarni o‘z vaqtida olishlari kerak. Ya’ni elflar sovg‘a tarqatish uchun javobgar. Yordamchilari uchun mo‘jizaviy davo izlab, Santa Yerga uchadi. Ammo bu yerda yana bir muammo tug‘iladi: bizning dunyomizda uni hech kim tanimaydi.

“Mening do‘stim Santa Klaus” (Fransiya, 2014)

IMDb reytingi — 6,3

“Uyda yolg‘iz” filmi muxlislari uchun juda mos film. Film voqealari Rojdestvo oqshomida o‘g‘riga duch kelgan bola atrofida sodir bo‘ladi. Ammo film qahramoni Antuan o‘g‘rini Santa Klaus deb o‘ylaydi. Axir, jinoyatchi qorboboga o‘xshab kiyinib olgandi-da. Antuan haqiqiy Qorbobo bilan chana uchishni orzu qiladi. Shuning uchun, u Parij kvartiralari bo‘ylab “sayohat qilayotgan” o‘g‘ri bilan birga ketadi.

“Yangi yil arafasi” (Janubiy Koreya, 2021)

IMDb reytingi — 6,3

Sakkiz xil qahramon — har bir insonning munosabatlarda o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Li Xye Yon eri bilan ajrashadi va darhol Kang Ji Xo bilan tanishadi. Sportchi Rae Xvan va uning sevgilisi Oh Vol ko‘p to‘siqlarga duch keladi, lekin sevgi yordamida hamma narsani yengishga harakat qilishadi. Yong Chan xitoylik Yaolin ismli ayolga uylanmoqchi, lekin avvalo ularni mashaqqatli sinov kutmoqda. Yigiti tomonidan tashlab ketilgan Min Jin A esa Argentinaga qochib ketadi va kelishgan Li Chje Xong bilan tanishadi.

“Rojdestvo ertagi” (Shvetsiya, 2021)

IMDb reytingi — 6,3

Karl badavlat oiladan chiqqan bola. Badavlat bo‘lsa ham, u pochta bo‘limida ishlaydi. Karlning kumiri bor — Robin Gud. Shuning uchun Rojdestvo kunida yigit o‘zining sevimli qahramonidek harakat qilishga qaror qiladi: boylar uchun mo‘ljallangan sovg‘alarni kambag‘allarga yuborish. Ayni paytda Karl yetim qiz bilan tanishib qoladi. Va, albatta, ular o‘rtasida samimiy muhabbat uyg‘onadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »