Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aftidan, Vindzor aristokratiyasi yuqumliga o‘xshaydi. Shahzoda Uilyamning rafiqasi Britaniya monarxiyasi uchun “toza havo” bo‘lishini kutganlar endi Uels malikasining ikkinchi Yelizaveta obrazini sinab ko‘rishini qayg‘u va afsus bilan kuzatishlari mumkin.

Uslub

Ketrinning garderobi tarkibi yil sayin qimmatlashmoqda. 2016-yilda Uilyamning rafiqasi yangi liboslar uchun 100 ming funt sarflagandi. 2017-yilda bu miqdor 119 mingga oshgan. 2018-yilda Keyt yilning ko‘p qismini tug‘uruq ta’tilida o‘tkazdi, ammo u omma oldida ko‘rinish bergan olti oy davomida kiyim-kechaklariga 75 ming funt sterling sarflandi. Brendlar ham o‘zgardi: mahalliy modaning taniqli vakillari bilan bir qatorda Keyt Dolce&Gabbana va Chanel kabi hashamatli xorijiy brendlardan faol xarid qila boshladi.

Mavzuga doir: Million dollarlik garderob: gersoginya Keyt Middltonning eng qimmat liboslari (foto)

Deyarli cheksiz moddiy imkoniyatlarga qaramay, Uels malikasining liboslari juda zerikarli va rasmiy bo‘lib qolmoqda. Deyarli o‘n yil davomida Ketrin kutilmagan ko‘ylaklarda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lgan holatlar barmoq bilan sanarli. Uning tanlaydigan liboslarini oldindan aytish mumkin, ammo u bunchalik konservativ bo‘lish uchun hali juda yosh. Xuddi shu narsa aksessuarlar va poyabzallarga ham tegishli.

Gap shundaki, Ketrin marhum qirolichadan juda minnatdor va ko‘p yillar oldin o‘zi imzolagan “o‘yin qoidalari”ni chuqur hurmat qiladi. Mashhur qaynonasidan farqli o‘laroq, Uels malikasi erini moda liboslari va fotosessiyalar bilan ortda qoldirishni xayoliga ham keltirmaydi. Uning liboslari qirollik uslubiga hurmat — benuqson va ehtiyotkor. Zamonaviy moda bu yondashuvga javob berishni istamaydi, u yulduz emas, balki qirolicha bo‘lmoqchiligini tushunish mumkin.

Mavzuga doir: Oltin qafas ichidagi hayot: Uels malikasi Keyt Middltonga taqiqlangan 10 ta narsa

Ketrinning yagona qiziqishi zargarlik buyumlari hisoblanadi — eksklyuziv, yuqori sifatli va, albatta, nihoyatda qimmatbaho. Aynan shunday namunalar kelajakda “qirolicha Yekaterina kolleksiyasidan” nomi bilan avloddan-avlodga o‘tishi ham mumkin.

Mavzuga doir: Rekord darajadagi summa: Uels malikasi Keyt Middlton 2022-yilda garderobiga qancha pul sarfladi?

Farzandlar

Uels shahzodasi va malikasi Britaniya monarxlarining yangi avlodini tarbiyalayotganliklarini yaxshi biladi. Kichik Jorj, Sharlotta va Lui anchadan beri jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish vositasi bo‘lib kelgan. Ular nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun dunyoda seviladi va hurmat qilinadi — ikkita katta farzand strategik ahamiyatga ega qirollik sayohatlarida bir necha bor ota-onalariga hamroh bo‘lishlari bejiz emas.

Mavzuga doir: “Zaxira” farzand, to‘rttagacha ism, maxsus agent sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan enagalar — Qirollik merosxo‘rlarining tug‘ilishi va tarbiyasi bilan bog‘liq eng noodatiy an’analar

Shunday qilib, ular so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda o‘zlarini ikki farzand bilan cheklamagan birinchi Vindzor juftligiga aylandi. Bundan tashqari, ularning bolalari bir kun kelib to‘rtta bo‘ladi, deb ishonish uchun barcha asoslar bor, chunki Yelizaveta va Filippning ham farzandlari 4 ta bo‘lgan.

Mavzuga doir: Bo‘lajak qirollar qanday tarbiyalanadi? Shahzoda Jorj va Lui, malika Sharlottaga qilish mumkin va mumkin bo‘lmagan ishlar

Mubolag‘asiz, Jorj, Sharlotta va Lui Buyuk Britaniyadagi eng mashhur bolalardir. Hatto skeptiklar ham ularning jamoatchilik ongiga ta’siriga shubha qilmaydi. Agar ularning sevimli o‘yinchog‘i tasodifan kadrga tushib qolsa, u bir necha daqiqada aniqlanadi va xuddi shunday tezlikda sotiladi. Xuddi shu narsa bolalar kiyimlariga ham tegishli: Ketrin farzandlarini ataylab bir xil kiyimda kiyintirishga qaror qilgani bejiz emas. Shahzodalar Jorj va Lui kiygan shorti va ko‘ylak, malika Sharlotta sochidagi bantigidan tortib ko‘ylagigacha — bularning barchasi XX asrning birinchi yarmidagi bolalar modasini yodga soladi.

Mavzuga doir: Keyt Middltonning qizi — malika Sharlotta qanday qilib puli bo‘lmay turib, dunyodagi eng badavlat bolaga aylandi? 

Qanchalik bema’ni tuyulmasin, ularning farzandlari nafaqat ota-onalarining quvonchi, balki kelajakda qirollikka xizmat qilishlari uchun ham tarbiyalanadi. Vindzorlar uslubidagi konservativ tarbiya elektron qurilmalardan foydalanishni cheklaydi va jamoat joylarida jahl qilishni taqiqlaydi. Hatto jamoat oldida Kembrij gersoglari va ularning bolalari faqat protokol talablariga muvofiq ko‘rinish beradi: unga ko‘ra Jorj har doim otasining, Sharlotta va Lui esa onasining qo‘lini ushlab turishi kerak.

Mavzuga doir: Qat’iy qoida: nega Keyt Middltonning farzandlariga ota-onasi bilan birga ovqatlanish taqiqlangan?

O‘zini tutishi

Ketrin hammaga marhum qaynonasi kabi beparvo va kibrli bo‘lishdan yiroq ekanligini ko‘rsata oldi. Uning kelib chiqishi unga yanada katta mas’uliyat yuklaydi va agar malika Dianaga doimo bo‘lajak qirolning onasi ekanligini eslatib turishi kerak bo‘lsa, Uels malikasi buni hech kim aytmasa ham yaxshi uddalaydi.

Mavzuga doir: “Atrofdagilarning gap-so‘zlari e’tibor berishingizga arzimaydi”. Uels malikasi Keyt Middlton kamsitilishlar bilan qanday kurashgani haqida

Ketrinning aslzodalarga xos o‘zini tutishi 2017-yilda Sandrigemdagi qirollik oilasining Rojdestvo bayramida saroydagi hayoti davomida qirollik protokoli bilan kurashgan shahzoda Garrining amerikalik qallig‘i Megan Markl bilan birinchi marta omma oldida chiqish qilganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Aslida Keyt va Meganning kelib chiqishi deyarli bir xil, lekin Uels malikasi cherkovdan chiqayotganda bo‘lajak ovsiniga bergan bir nechta do‘stona maslahatlardan tashqari, Uilyamning rafiqasi ularni solishtirish uchun atrofdagilarga hech qanday imkon qoldirmadi. Bir yil o‘tib, 2018-yil 25-dekabrda Ketrin va Megan o‘rtasidagi kontrast yanada sezildi. Uels malikasi aslzoda zodagon va bo‘lajak qirolichaga, Sasseks gersoginyasi esa oddiy qizga o‘xshardi.

Mavzuga doir: Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)

Megan bundan xijolat bo‘lib, Ketrindan unga yordam berishini va tadbir muhitini biroz yengillashtirishini juda xohlaydi. Ammo gap shundaki, Uels malikasi qirollik protokolini biladi va ehtimol bu ba’zilar uchun bema’ni bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo Megandan farqli o‘laroq – Ketrin dugonalarga muhtoj emas.​ Ehtimol shu sababdan u Meganni o‘ziga yaqin olib, do‘stlashib ketmagan.

Mavzuga doir: “Quchoqlamoqchi bo‘lganimda ular o‘zlarini juda sovuqqon tutgan”. Megan Markl shahzoda Uilyam va Keyt Middlton u bilan qanday tanishgani haqida

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »