Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik burun oqishini faqat sovuq bilan bog‘lashga odatlangan, ammo aslida rinoreya boshqa sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Ularning eng keng tarqalgani sovuq va quruq atmosferadir.

Burunning vazifasi nafas olayotgan havoni issiq va nam qilishdan iborat. U nafas yo‘llari va o‘pka hujayralari zararlanmasligiga yordam beradi.

Merilend shtatidagi Milliy Sog‘liqni saqlash instituti allergologlariga ko‘ra, burunning orqa qismidagi harorat odatda 26 daraja atrofida, lekin 30 darajaga yetishi mumkin. Iqlim qanchalik quruq bo‘lishidan qat’i nazar uning namligi deyarli 100 foiz bo‘ladi. Burunning havoni o‘pkaga yetib borguncha namlash va isitishda qanchalik samarali ekani shundan ayon.

Onangiz sovuqda og‘zingdan emas, burningdan nafas ol, deb bejiz aytmagan.

Atrof-muhit harorati pasayganda, namlik ham pasayadi — chunki atmosfera namligi kondensatsiyalanadi, cho‘kadi va sirtlarda qattiqlashadi. Shuning uchun, burun bu ko‘rsatkichni nazorat ostida ushlab turadi. Birinchidan, issiqlik sarfini kamaytirish uchun undagi qon tomirlari torayadi. Ikkinchidan, shilliq qavat nafas olayotgan havoda yetarli namlikni ta’minlash uchun ko‘proq sekretsiya ishlab chiqara boshlaydi.

Merilend shtatidagi Milliy sog‘liqni saqlash institutlari hisob-kitoblariga ko‘ra, qishda tana har kuni burun orqali 300-400 ml gacha suyuqlik yo‘qotishi mumkin. Va bu kasallik paytida tinmay oqadigan burun suyuqligi emas. Burun qalin va yopishqoq oqindi hosil qilmaydi, lekin deyarli shaffof suyuqlik bilan namlaydi.

Bu kasallik belgisi emas, balki tananing noqulay muhitga mutlaqo tabiiy reaksiyasi hisoblanadi. Kolorado allergiya va immunologiya klinikasining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, rinoreya odamlarning 96 foizida uchraydi, 50 foizida esa burun bitishi va 33 foizi aksirish bilan birga keladi.

Biroq sovuqda nafas olish yo‘llari infeksiyalariga ko‘proq moyil bo‘lishini hisobga olish kerak, chunki viruslar past haroratda tez ko‘payadi va qishda immunitet, aksincha, zaiflashadi. Agar burningizni har kuni qoqib, tozalamasangiz, unda to‘plangan patogen mikroblar ko‘paya boshlaydi. Ular tananing himoya to‘siqlarini yengib o‘tadi va siz kasal bo‘lasiz.

Bunday hollarda nima qilish kerak? Yuzingizni sharf bilan o‘rang — shunda teri va mato o‘rtasida iliq muhit yaratasiz, natijada burun qo‘shimcha namlik ishlab chiqarmaydi. Bundan tashqari, suyuqlik yo‘qotilishining o‘rnini qoplash uchun ko‘proq suv ichishni unutmang, yoningizda doim ro‘molcha yoki salfetka bo‘lsin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »