Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kunda mashhur odamlar, tabiiyki, darhol shunday bo‘lib qolmagan. Ular bir bo‘lak non topish uchun har qanday ishni qilishga majbur bo‘lgan. Misol uchun, Bred Pitt tovuq kostyumida yo‘l chetida turib, o‘tkinchilarni restoranga chaqirgan.

Bred Pitt

Bred Pitt aktyorlik karyerasidan oldin Los-Anjelesdagi El Pollo Loko restoranida ishlayotganida o‘z iste’dodini namoyon etgan. Pitt tovuq kostyumini kiyib, ko‘chada o‘tkinchilarni El Pollo Loco restoraniga tashrif buyurishga jalb qilishi kerak edi. Bu haqda aktyorning o‘zi teleko‘rsatuvlardan birida aytib o‘tadi. “Men bundan uyalmayman, odam nimadir yeyishi kerak-ku axir”, deydi aktyor.

Bundan tashqari, aktyor yuk tashuvchi, shuningdek, shaxsiy taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan.

​Hyu Jekman

Bugungi kunda Hyu Jekman eng mashhur aktyorlardan biridir. Ammo faoliyatini boshlashdan oldin bo‘lajak aktyor ko‘plab sohalarda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, Jekman bir muncha vaqt bolalar bayramlarida masxaraboz bo‘ladi. 

Men masxaraboz Koko edim. Mening arsenalimda fokuslar yo‘q edi. Tug‘ilgan kunlarning birida 6 yoshli bola o‘rnidan turib, baland ovozda: “Oyi, bu qandaydir qo‘rqinchli masxaraboz-ku, u hatto fokus ko‘rsatishni ham bilmaydi!” degandi. Va bu borada u haq edi.

Keyinchalik Hyu 7-Eleven do‘konida kassir bo‘lib ishlagan. Ammo mijozlar bilan juda ko‘p gaplashgani uchun​ 6 haftadan so‘ng u yerdan bo‘shatiladi. Bundan tashqari, Hyu Jekman ingliz maktablaridan birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ham ishlagan.

Kris Hemsvort

Jimmi Fellonning shousida Marvel olamidagi Tor roli bilan mashhur aktyor Kris Hemsvort bir paytlar dorixonada ishlaganini tan oladi. Uning vazifasi dorixona ijaraga beradigan ko‘krak nasoslarini tozalash va ta’mirlash edi.

Bugungi kunda Kris Gollivudning eng ko‘p izlanuvchan yetakchi aktyorlaridan biri bo‘lib, ko‘plab blokbaster filmlarda rol o‘ynagan.

Madonna

1978-yilda hech kim tanimaydigan Madonna Luiza Chikkone Detroytdan Nyu-Yorkka karyera boshlash umidida keladi. Uning cho‘ntagida atigi 35 dollar bor edi, shuning uchun bo‘lajak yulduz to‘g‘ri kelgan ishlar bilan shug‘ullangan. 2015-yilda bergan intervyusida Madonna Dunkin’s Donuts kafelar tarmog‘ida ishlaganini aytadi. Ammo u yerda faqat bir haftagina ishlaydi. 

“Men pishiriqlar ichini murabbo bilan to‘ldirishga mo‘ljallangan mashinaga qarardim, — deb tan oladi Madonna. — Bir kuni tasodifan mijozning ustiga murabbo to‘kib yuborganman”.

Xonanda, shuningdek, Dunkin’s Donuts xodimlari “o‘z ishiga jiddiy qaramagani” uchun undan g‘azablanganini aytadi. Bugungi kunda esa Madonna sayyoradagi eng mashhur qo‘shiqchi hisoblanadi.

​ Reychel MakAdams

2002-yilda Reychel MakAdams “Ajoyib pirog” filmida o‘ynaydi, roli uchun u Genie mukofotiga (Kanadaning eng nufuzli kino mukofoti) nomzod bo‘ladi. Aktrisa “Yaramas qizlar” (2004) filmidagi Regina Jorj rolidan keyin haqiqiy mashhurlikka erishadi. Ammo aktrisalik karyerasidan oldin Reychel 3 yil davomida mashhur fastfud tarmoqlaridan birida ishlagan.

“Men unchalik mas’uliyatli xodim emas edim. Bir marta men hatto apelsin sharbati chiqaradigan avtomatni buzib qo‘yganman”, — deb eslaydi aktrisa intervyusida.

​ Helli Berri

Helli Berri faoliyatini 1980-yillarda model sifatida boshlagan, hatto 1986-yilda “Dunyo go‘zali 1986” tanlovida 6-o‘rinni egallagan. 1989-yilda bo‘lajak mushuk ayol aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi. Ammo 3 oydan keyin puli tugagach, bir muncha vaqt uysizlar boshpanasida yashashga majbur bo‘ladi. O‘sha yilning oxiriga kelib, u qisqa muddatli “Tirik qo‘g‘irchoqlar” teleserialida model sifatida rol o‘ynagach, moliyaviy ahvoli biroz yaxshilanadi.

Aytgancha, o‘sha serialning epizodlaridan birini suratga olish paytida aktrisa komaga tushib qolgan. Unga 1-toifa qandli diabet tashxisi qo‘yilgan. “Tirik qo‘g‘irchoqlar” loyihasi tugatilgandan so‘ng, Berri Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi. Bugungi kunda Helli Berri Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalaridan biri bo‘lib, ko‘plab mukofotlar sovrindori hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »