Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyida Britaniya qirollik oilasi hayotidagi eng fojiali oltita voqeani keltiramiz.

Eduard VIII ning taxtdan voz kechishi

Marhuma qirolicha Yelizaveta II amakisi Eduard VIII ning qarori tufayli taxt vorisi bo‘lganini doim yodida tutgan. Hukmronligiga bir yil ham bo‘lmagan Eduard VIII taxtdan voz kechib, Uollis Simpson ismli amerikalik ayolga uylanishga qaror qiladi. Natijada toj uning ukasi — Yelizaveta II ning otasiga o‘tadi va zamonaviy monarxiya qiyofasi butunlay o‘zgarib ketadi.

Edvard va Uollis Fransiyaga ketib, turmush quradi va Britaniya siyosatidan abadiy chiqib ketib — faqat mavqega ega bo‘lgan oddiy odamlarga aylanishadi. Saroyda ularni juda kamdan-kam eslashadi, chunki bu voqea qirollik oilasi uchun haqiqiy sharmandali holat edi.

Shahzoda Charlzning xiyonati

Shahzoda Charlzning Kamilla Shand bilan ishqiy munosabatlari 1970-yillarda, valiahd shahzoda Diana Spenser xonimga uylanish haqida xayoliga ham keltirmaganida boshlangan. Biroq keyinchalik Charlz va Kamilla butun xalqning nafratiga duchor bo‘ladi. Malika Diana 1995-yildagi shov-shuvli intervyusida shahzoda va uning nikohida “uchinchi shaxs” ham borligini aytadi. Kutilganlardan farqli o‘laroq, bo‘lajak qirol ham Parker-Boulz xonim bilan munosabatlarini tan oladi. Uning Jonatan Dimblbi bilan ochiq suhbati Britaniyani tom ma’noda hayratda qoldiradi. Shahzoda Charlz va Diana 1992-yilda rasman ajrashgan paytdan boshlab 1996-yilgacha bo‘lgan 4 yil kurash va qasos bilan o‘tadi.

Malika Diananing o‘limi

Yosh, chiroyli va modaga qiziqadigan Uels malikasi tezda o‘z davrining eng nufuzli ayollaridan biriga aylanadi. Hatto Diananing nafaqat Vindzorlar imijini, balki Britaniya monarxiyasining legitimligiga ham ta’sir o‘tkazgan eng bahsli qarorlari ham xalqning unga bo‘lgan muhabbatiga to‘sqinlik qilmaydi. Odamlarda bo‘lajak qirolning xiyonati “xalq malikasi”ning xiyonatidan ko‘ra ko‘proq nafrat uyg‘otgan.

Malika 1997-yil 31-avgustda Dodi al-Fayed hamrohligida Parijda bo‘lgan va paparatssilar ta’qibidan qochayotganda ularning mashinasi avtohalokatga uchraydi. Vindzorlar uchun Uels malikasining kutilmagan o‘limi aqlbovar qilmaydigan sinovga aylanadi: ular tom ma’noda nima qilishni bilmaydi, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yadi va oxir-oqibat bir-birlari bilan janjallashadi. Qirollik oilasini kechirish, Charlz va Diananing hikoyasini o‘tmishda qoldirish uchun jamoatchilikka yillar kerak bo‘ladi.

Shahzoda Garrining shov-shuvga sabab bo‘lgan qiliqlari

Taxt merosxo‘rining kenja o‘g‘li qizlar va shov-shuvli voqealarga o‘ralashib yuradigan, o‘tkir ichimliklarni yaxshi ko‘radigan yigit edi. Alkogolli ichimliklar ko‘pincha muammolarga sabab bo‘lardi. Natijada Charlz 18 yoshli Garrini zararli odatlarning mumkin bo‘lgan oqibatlari bilan tanishtirish uchun atigi bir kunga Featherstone Lodge reabilitatsiya markaziga yuborishga qaror qiladi.

Biroq janobi oliylarining janjallari va shov-shuvli fotosuratlari shu bilan tugamaydi. Garri 20 yoshga to‘lganida paparatssilar mustamlakachilik uslubidagi tug‘ilgan kun kechasida shahzodani fashistlar kiyimida suratga olishga muvaffaq bo‘ladi. Bir yil o‘tgach esa shahzodaning Vegasda butunlay yalang‘och holdagi suratlari tarqaladi. Aytishlaricha, shahzoda Megan bilan tanishgach, spirtli ichimliklar va janjallardan uzoqroq yura boshlagan, ammo Garrining eski do‘stlari bundan unchalik mamnun bo‘lmagan.

Shahzoda Filipp bilan sodir bo‘lgan YTH

2019-yilning 17-yanvarida Edinburg gersogi butun Buyuk Britaniyani larzaga solgan baxtsiz hodisaga uchraydi. Bu Sandringem qirollik mulki yaqinida sodir bo‘ladi. Hazrati oliylari Land Rover haydab ketayotib, ichida ikki ayol va chaqaloq bo‘lgan mashinaga borib uriladi. Filipp politsiyaga “ko‘ziga quyosh nuri tushganini” aytadi. Shahzodaning mashinasi haydovchi tomoniga ag‘darilib, old oynasi singandi. Mashinada gersogning qo‘riqchisi ham bo‘lgan.

Yaxshiyamki, to‘qqiz oylik bolaga hech narsa qilmagan. 28 yoshli Kia haydovchisining tizzalari jarohatlangan, 45 yoshli yo‘lovchining bilagi singan. Shahzoda Filipp esa jarohat olmagan bo‘lsa-da, xavfsizlik kamarini taqmagani uchun rasmiy ogohlantirish oladi.

“Megsit”

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi — “Breksit” nomi bilan atalgan voqeadan ko‘ra “Megsit” qirollik uchun katta zarba bo‘ladi. 2020-yil yanvar oyida shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan qirollik oilasidan chiqib ketish istagini bildiradi. Ular endi rasmiy vazifalarni bajarishni xohlamasliklarini aytib, qirollik sulolasining faol a’zolari sifatidagi maqomlaridan voz kechishni afzal ko‘radi. O‘sha yilning 1-aprelidan boshlab Sasseks gersoginyasi va gersogi “moliyaviy jihatdan mustaqil” deb e’lon qilinadi hamda ular qirollik majburiyat va imtiyozlaridan ozod qilinadi.

Qaror e’lon qilingan paytda Garri, Megan va ularning bir yoshli o‘g‘li Archi Kanadada edi, keyin oila AQSHga ko‘chib o‘tadi. Aftidan, shahzoda buvisi, otasi, bir kun kelib Britaniya tojini meros qilib oladigan akasi yoki boshqa qarindoshlari bilan maslahatlashmagan. Vindzorlarni eng ko‘p xafa qilgani shahzodaning ularga nisbatan “hurmatsizligi” edi. Matbuotda Sasseks muxlislari va qirollikning boshqa a’zolari muxlislari o‘rtasida haqiqiy janjallar bo‘lib o‘tadi va bu gap-so‘zlar bugungi kungacha to‘xtamagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »