Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab mashhurlar singari 2023-yilda oila qurgan turk yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.

Eda Eje

21-iyun kuni Eda Eje turmushga chiqdi. “Taqiqlangan sevgi” seriali yulduzi basketbolchi Bug‘rahan Tunjerning qonuniy rafiqasiga aylandi. To‘y keng miqyosda nishonlandi. To‘yga nafaqat oila a’zolari va  yaqin do‘stlar, balki juftlikning ko‘plab tanishlari ham taklif qilindi. Turkiya matbuoti Eda marosimda yaxshigina pul ishlab olganini yozdi. Ko‘plab tabloidlar to‘y rasmlarini birinchi bo‘lib nashr etish huquqi uchun raqobatlashdi.

Selim Bayraktar

1-may kuni “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sunbul og‘a roli bilan mashhur bo‘lgan Selim Bayraktarning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Aktyorning rafiqasi Emel Karako‘se bo‘lib, aktyor birinchi xotinidan ajrashgandan so‘ng ko‘p o‘tmay uchrasha boshlashgan — Emel ham avval turmush qurgan, oldingi nikohidan bir qizi ham bor. Gap-so‘zlarga qaraganda Bayraktarning birinchi nikohi aynan Emel tufayli buzilgan. Ammo bu mish-mishlar rasman tasdiqlanmagan. To‘y marosimi yaqinlarining kichik davrasida bo‘lib o‘tdi.

Kaan Urganjio‘g‘lu

Kaan Urganjio‘g‘lu Burju Denizerga yashirincha uylangan. U keyinroq ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga to‘ydan olingan suratlarni joylashtirish orqali muxlislariga bu xushxabarni e’lon qildi. Juftlik dabdabali to‘ydan butunlay voz kechib, Turkiyaning Gretsiyadagi elchixonasida nikohdan o‘tdi. Tez orada Denizer farzand kutayotganini ma’lum qildi. Natijada Kaan bir yil ichida ham ota, ham er bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Deniz Chaqir

Ko‘plab turk muxlislari uchun asosiy syurpriz “Muhtasham yuz yil” yulduzi Deniz Chaqirning nikohi bo‘ldi. 41 yoshli aktrisa tadbirkor Bilgechen Baykalga turmushga chiqdi. Kamtarona marosim paytida Denis odatdagi kelin guldastasidan voz kechib, qo‘lida tinchlik va sevgi ramzi dafna novdasini ushlab turdi.

Bora Akkash

2023-yilning 2-fevralida “Uch kurush” seriali yulduzi Bora Akkash Oben Akal bilan turmush qurdi. Kamtarona to‘y Milanda bo‘lib o‘tdi. Marosimga er-xotinning yaqinlari taklif qilindi. Ta’kidlash joizki, bu Akkashning ikkinchi to‘yi edi. Birinchisi 2017-yilda bo‘lib, o‘shanda Bora hamkasbi Seda Turkmenga uylangandi. Biroq ikki yildan keyin ular ajrashdi.

Ezgi Mola

8-may kuni 40 yoshli turk yulduzi Ezgi Mola sevgilisi Mustafo Aksakalli bilan turmush qurdi. Marosim uchun aktrisa shlefli va yelkalari ochiq uzun oq ko‘ylak tanladi. Sevishganlar 4 yillik munosabatlardan so‘ng turmush qurishga qaror qildi. Ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Mola dabdabali to‘y o‘rniga kichik marosim o‘tkazdi. To‘yga atigi 14 nafar mehmon taklif qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »