Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Deyarli hamma jangari filmlardagi qahramonlarni yaxshi ko‘radi. Axir ularning tashqi ko‘rinishi, jasorati va ichki xarizmasi har qanday odam qalbini zabt eta oladi. Lekin sevimli qahramonlarimizni ekranlarda jonlantirgan aktyor va aktrisalarga umr yo‘ldoshi bo‘lish baxti kimlarga nasib etgan?

Brigitta Nilsen

Bir paytlar aktrisa Silvestr Stallone bilan turmush qurgan, biroq ularning nikohi uzoq davom etmagan. Uning hozirgi yigiti Mattia Dessi.

Silvestr Stallone

Silvestr Stallone esa Nilsen bilan ajrashganidan keyin model Jennifer Flavinga uylanadi.

Arnold Shvarsenegger

Uzoq yillar davomida aktyor telejurnalist Mariya Shrayver bilan birga yashagan (chapdagi rasm), lekin 25 yillik turmushidan keyin ular ajrashgan. Hozirda u yangi sevgilisi, fizioterapevt Hezer Milligan bilan birga.

Samuel L. Jekson

Samuel L. Jekson uzoq vaqtdan beri aktrisa va prodyuser Latana Richardson bilan baxtli turmush qurgan.

Mel Gibson

Robin Denis Mur bilan nikohidan Mel Gibsonning yetti nafar farzandi bor edi. Ammo 26 yildan keyin er-xotin ajrashishga qaror qiladi. Hozirda aktyor ot sporti bo‘yicha sobiq chempion Rozalind Ross bilan uchrashmoqda.

Sigurni Uiver

“Begona” filmi yulduzi Sigurni Uiver 1984-yildan beri rejissor Jim Simpson bilan yashaydi.

Vin Dizel

2007-yildan buyon Vin Dizel model Paloma Ximenes bilan munosabatda.

Chak Norris

Birinchi marta Chak Norris 18 yoshida uylanadi, rafiqasi esa 17 yoshda edi. Balki, shuning uchun ularning nikohi uzoq davom etmaydi. Aktyor ikkinchi marta sobiq model Jina O’Kelli bilan oila quradi va shu kungacha u bilan baxtli yashamoqda.

Denzel Vashington

Aktyor 1983-yildan beri Pauletta Vashington (Pirson) bilan turmush qurgan. Er-xotinning to‘rt farzandi bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »