Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Keltirilgan filmlardagi yulduzli rollar, suratga olish ishlari va fantastik sahna ko‘rinishlari xarajatlarni to‘liq oqladi. Rejissorlik ishi esa kitob ixlosmandlarining kutganidan ham ortiq bo‘ldi. Kitob olamidagi haqiqiy bestsellerlardan kam bo‘lmagan filmlar haqida gaplashamiz.

“Divergent”

Gap filmning oxirgi qismlari haqida emas, balki birinchisi haqida ketyapti. Ko‘plab tomoshabinlarning filmning dastlabki qismidan ko‘ngli to‘lgan. Aktrisa Veronika Rot shedevr obraz yaratishni uddaladi, Nil Byorger esa kitob g‘oyasini mohirlik bilan ekranlashtira oldi.

“Xotira kundaligi”

Har qanday sevgi hikoyasini hamma o‘zi boshdan kechirgani ma’qul. Ammo rejissorning nuqtai nazari ham sizni ko‘p narsalarga turlicha qarashga majbur qilishi mumkin. Mazkur film romantik bo‘lganlar uchun tavsiya qilinadi.

“Garri Potter” franshizasi

Eng mashhur sehrgar haqidagi filmlarni ko‘p sabablarga ko‘ra, masalan, saundtrek tufayli ham shedevr asar deb atash mumkin. Axir bu kuyni eshitgan har bir kishi ajabtovur holatga tushadi. Ammo kitobda bunday musiqalarni faqatgina xayolan eshitish mumkin.

“Sharqiy ekspressdagi qotillik”

Mazkur filmning originalligi haqida bahslashish shart emas. Ekshn sahnalarning ko‘pligi uning yana bir yutug‘i hisoblanadi. Bir-birini ta’qib qilishlar va otishmalarni kitob sahifalaridan eshita olmaysiz. Ammo klassik detektiv hikoya bilan tanishishni istasangiz, albatta kitobini o‘qing.

“Dyuna”

Ushbu kitob asosida ko‘plab filmlar ekranlashtirilgan, ammo hech biri olamshumul muvaffaqiyatga erishmagan. Biroq 2021-yilgi film katta muvaffaqiyat qozondi. Albatta, film rejissorining birinchi manba bilan puxta ishlagani tahsinga loyiq.

“Katta-kichik yolg‘on”

Hozirda bu filmni shubhasiz haqiqiy hit deb atash mumkin. Ba’zan u hatto kitobini ham ortda qoldiradi. Misol uchun, serial mualliflari epizodik qahramonlarni asardan chiqarib tashlab, syujetni soddalashtirgan va uni yanada yorqinroq qilgan.

“Oppengeymer”

Film biografik asarga asoslangan. Ammo rejissor obrazning to‘liqligidan biroz chetga chiqib, Oppengeymerni atom bombasini ixtiro qilgan dahoga aylantirishga qaror qiladi. Axir Kristofer Nolanning olimi oddiy odam bo‘lolmaydi.

“Qirolichaning yurishi”

Ushbu film professional shaxmatchilar tomonidan iliq kutib olindi. Anya Teylor-Joyning ajoyib ijrosi tufayli ham Skott Frank filmini tomosha qilish kerak. Ammo voqealar rivojini to‘liq tushunish uchun kitobini o‘qish ortiqchalik qilmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »