Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Shakardan voz kechgan holda vazn yo‘qotish mumkinmi, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi va nima uchun shirinliklarni iste’mol qilishni to‘xtatish kerakligi haqida gaplashamiz.

Teri elastiklashadi

Shirinliklarni ortiqcha iste’mol qilish teri holatiga salbiy ta’sir qiladi. Qondagi shakar tufayli kollagen va elastin yo‘qoladi, suvsizlanish paydo bo‘ladi, bu esa ajinlar yuzaga kelishiga olib keladi. Bu 35 yoshdan keyin tanadagi kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishi sekinlashganda yanada seziladi. Natijada teri silliqligi va elastikligini yo‘qotadi, sarg‘ish rangga kiradi, yuzda ajinlar va chuqur burmalar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, glyukoza testesteron ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu terining yog‘lanishi va yallig‘lanishini oshiradi.

Shirinliklardan voz kechsangiz, teringiz silliq va yorqin bo‘lib, elastikligi oshganini sezasiz. Yog‘lanish va yallig‘lanish kamroq bo‘ladi. Bu yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi va vaqt o‘tishi bilan yuzingiz yaxshilangani va ajinlar kamayganini his qilasiz.

​ Shakardan voz kechsangiz, vazn yo‘qotasiz

Shirinliklarga qo‘shilgan mahsulotlar ko‘pincha zararli transyog‘larni o‘z ichiga oladi va kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qolaversa, bunday oziq-ovqat tanani qisqa vaqt davomida to‘ydiradi, ammo tez orada yana qorningiz ochadi. Bu qonda glyukoza darajasining keskin ko‘tarilishi tufayli yuzaga keladi.

Sekin ta’sir etuvchi uglevodlar, masalan, sabzavotli salat, juda kam kaloriyani o‘z ichiga oladi va shu bilan birga bir necha soat davomida to‘yinganlik hissi bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, ular qondagi glyukoza darajasini normallashtiradigan kletchatkalarni o‘z ichiga oladi. Agar shakardan butunlay voz kechsangiz, vazn yo‘qotishingiz mumkin.

Immunitet mustahkamlanadi

Shirinliklar iste’mol qilish tananing himoya kuchlarini 17 martaga kamaytiradi. Qanchalik ko‘p shirinlik iste’mol qilsangiz, immunitetingiz shunchalik zaif bo‘ladi. Buning sababi shundaki, vitamin C va shakar o‘xshash kimyoviy tuzilishga ega. Natijada immunitet hujayralari — fagotsitlar va leykotsitlar shakar zarralari tomonidan bloklanadi va virus, bakteriyalarga qarshi kurasha olmaydi. Shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish ichak mikroflorasini buzadi, patogen mikroorganizmlarni ko‘paytiradi va leykotsitlar ishlab chiqarishni kamaytiradi.

Tishlaringiz sog‘lom bo‘ladi

Tishlar yuzasida bakteriyalar paydo bo‘lib, emalni yemiradi. Shakar ular uchun ozuqaviy vositadir, shuning uchun shirinlik iste’mol qilinganda, ular intensiv ravishda ko‘payadi va emal yupqalashadi. Ular yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va tishlar tiklanishiga xalaqit beradi. Streptokokklar va stafilokokklar ko‘payadi, natijada kariyes rivojlanadi.

Bundan tashqari, kalsiy shakar so‘rilishi uchun zarurdir. Ushbu mikroelementning eng katta miqdori tish to‘qimalarida joylashgan. Ko‘p miqdorda shirinlik iste’mol qilinganda, u tezda yuvilib ketadi va tishlar zararlanadi. Agar shirinliklarni meva va sabzavotlar bilan almashtirsangiz, tishlaringiz mustahkamlanadi.

Suyaklaringiz mustahkamlanadi

Kalsiy zaxiralari glyukozani qayta ishlash uchun sarflanar ekan, suyaklar ham yemiriladi. Ular zaiflashib, sinish va osteoporoz xavfi ortadi. Shakar kalsiy va D vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va suyaklardagi sut kislotasi miqdorini oshiradi, bu esa osteoblastlarning faoliyatini buzadi. Hayotimiz davomida tanamiz doimo eski suyak to‘qimasini yosh va baquvvatlari bilan almashtiradi. Haddan tashqari ko‘p shakar yangi suyak to‘qimalarining o‘sishini sekinlashtiradi, suyak zichligini pasaytiradi va sinish xavfini oshiradi. Shakar o‘z ichiga olgan ovqatlardan voz kechish orqali suyaklaringiz mustahkamlanadi va bo‘g‘imlaringiz harakatchan bo‘ladi.

Kayfiyatingiz yaxshilanadi

Kayfiyatingiz yo‘qligida energiya darajasini tezda oshirish va serotonin ko‘payishi uchun shirinlik iste’mol qilishni xohlaysiz. Biroq energiya darajasi tezda ko‘tarilib, tezda pasayadi va quvonch o‘rnini letargiya, apatiya va qayg‘u egallaydi. Natijada charchoq paydo bo‘ladi, odam ko‘proq asabiylashadi. Asab tizimining haddan tashqari qo‘zg‘alishi kayfiyat o‘zgarishiga va asabiylashishning kuchayishiga olib keladi. Shakardan voz kechsangiz, gormonlar darajasi barqarorlashadi, kayfiyatingiz ham qo‘shimcha dopingsiz yaxshilanadi.

Ichaklar faoliyati yaxshilanadi

Tarkibida shakar bo‘lgan yeguliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ovqat hazm qilish traktidagi mikroflorani buzadi, bu bakteriyalarga ko‘proq moyil bo‘ladi. Shakar Akkermansia muciniphila bakteriyalarini oziqlantiradi, ortiqchasi esa ichak shilliq qavatining himoya qatlamini yo‘q qiladi. Zarar shilliq qavatni yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan patogen bakteriyalarga nisbatan zaiflashtiradi. Bu ichak faoliyatining buzilishiga olib keladi, qorin sanchiqlari va meteorizmni keltirib chiqaradi.

Yurak va qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi

Yuqori qon shakar darajasi bilan yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Shirin va yog‘li ovqatlarni iste’mol qilish qon tomirlariga zarar yetkazadi, qon bosimini oshiradi va qondagi “yomon” xolesterin miqdorini orttiradi. Yog‘ zarralari qon tomirlari devorlarining shikastlangan joylariga osongina yopishadi, natijada xolesterin plitalari paydo bo‘ladi. Ular qon aylanishiga to‘sqinlik qiladi, qon tomirlarining tiqilib qolishiga olib keladi, buning natijasida barcha organlar yetarli darajada oziqlanmaydi.

Bundan tashqari, past zichlikdagi xolesterin tomir devorlarga yopishadi. Natijada qon aylanishi buziladi, tomirlarda yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘ladi va yurak og‘ir bosimga bardosh bera olmaydi. Sog‘lom ovqatlanish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »