Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gollivudning shunday aktyorlari borki, olamshumul shon-shuhrat va boylikka erishgan bo‘lsa-da, bu narsa ularning kamtarona yashashiga hamda boshqalarga nisbatan samimiy bo‘lib qolishiga to‘sqinlik qilmagan.

Kianu Rivz

Kianu Rivz katta kinodagi faoliyatini “Bill va Tedning ajoyib sarguzashtlari” filmi bilan boshlagan, shundan so‘ng u “To‘lqinlarni bo‘ysundirib”, “Tezlik”, “Iblis himoyachisi”, “Matritsa”, “Konstantin: zulmat hukmdori” va “Jon Uik” filmlarida rol o‘ynagan. Bu filmlarning barchasini butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar tomosha qilgan, ammo Kianu bundan hech qachon kibrlanib ketmagan. U bir necha o‘nlab kilometr yo‘l bosib, mushkul ahvolda qolgan notanish odamni uyiga olib borishi mumkin, kasalxonalarga pul xayriya qiladi, u hech qachon oddiy odamlarga past nazar bilan qaramaydi, metroda yuradi va muxlislari bilan doim do‘stona munosabatda bo‘ladi. Shon-shuhrat va boylik Kianuni buzolmadi, balki unga yanada xayrli ishlarni qilish imkoniyatini berdi.

Deniyel Redkliff

Deniyel Redkliff ancha vaqtgacha Garri Potter rolining “asiri” bo‘lib qoldi, biroq aynan shu rol Deniyelga xayriya ishlari bilan shug‘ullanishga imkon berdi. U ko‘chada qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlar oldidan ham befarq o‘tib ketolmaydi. Bir kuni Deniyel Redkliff  London ko‘chalaridan birida talonchilar pullarini o‘g‘irlab, o‘zini yarador qilgan odamning oldiga o‘ylab ham o‘tirmay yugurib boradi. Redkliff unga yordam beradi va shifokorlar kelgunga qadar yonida qoladi.

Elayja Vud

Elayja Vud “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi Frodo roli tufayli jahon miqyosida shuhrat qozongan. Ushbu rolni o‘ynagani uchun u katta gonorar oladi, ammo aktyor bu unga zarracha ta’sir qilmaganini — eng qimmat xaridi uyiga olgan audioqurilma bo‘lganini aytadi. Qolgan pullarni xayriya ishlariga va ko‘p vaqtini bag‘ishlashga harakat qiladigan oilasiga sarflaydi.

Rayan Reynolds

Rayan Reynolds ishtirok etgan har bir komediya katta kassa tushumlarining kafolatidir. Buni bilgan Rayan har tiyin uchun kurashadigan takabbur aktyorga aylanib qolmadi. U filmlaridagi kabi hayotda ham shunday — samimiy va oddiy. U tez-tez sevimli rafiqasi va bolalari haqida ham, Marvel filmida birga o‘ynashni orzu qilgan Xyu Jekman haqida ham hazil qiladi. Reynolds muxlislari bilan doimo do‘stona munosabatda, hech kim aktyorning muomalasidan hafsalasi pir bo‘lmagan.

Robert Pattinson

Robert Pattinson “Sumerki” filmidan keyin haqiqiy yulduzga aylandi, ammo uning filmografiyasida aynan mana shu franshiza unga yoqmaydi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, Robert Pattinson faqatgina obrazi Edvardni yoqtirmaydi, muxlislarini esa chin dildan sevadi va hurmat qiladi — suhbatlashishdan, dastxat qo‘yib berishdan yoki selfi tushishdan bosh tortmaydi. Bundan tashqari, u anchadan beri xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va bir million dollardan ortiq xayriya ham qilgan.

Xyu Jekman

Xyu Jekmanni butun faoliyati davomida “Betakror shoumen”, “Asirlar”, “Van Xelzing”, “Tirik po‘lat” kabi filmlarda, shuningdek, “G‘aroyib odamlar” va “Logan” seriallarida ishlagan.

Xyu Jekman haqida uning hamkasblari, ayniqsa Patrik Styuart va Eddi Redmeyn iliq so‘zlarni aytib, Xyuni juda iste’dodli, xushmuomala va mehribon odam deb atashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »