Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mazkur Gollivud yulduzlari qizil gilam-u, premyeralardan ortib, yordamga muhtoj odamlarga qo‘ldan kelgancha ko‘mak berishni unutmagan.

Anjelina Joli

Aktrisa nafaqat go‘zallikni, balki mehribonlikni ham o‘zida mujassam etgan. Anjelina Joli xayriya ishlariga alohida e’tibor beradi: u qashshoq mamlakatlarga, qochqinlarga va tabiiy ofat qurbonlariga yordam beradi, shu yo‘l bilan u insoniyatga tegishli muammolarga begona emasligini ko‘rsatadi.

Mayli Sayrus

Ishdan bo‘sh vaqtlarida aktrisa bemor bolalarga qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ba’zida esa Mayli Sayrus yordamga muhtoj bo‘lganlar bilan vaqt o‘tkazish uchun Gaitiga boradi.

Emma Uotson

“Garri Potter” yulduzi BMTning ayollar erkinligi bo‘yicha yaxshi niyat elchisidir. Albatta, yoshi tufayli u hali ko‘p ish qila olmadi, ammo shunga qaramay, Emma Bangladesh va Zambiyadan kelgan ba’zi qizlarga ta’lim olish imkoniyatini berdi.

Ben Afflek

Aktyor Jennifer Lopes bilan turmush qurgandan so‘ng yaxshi tomonga o‘zgara boshlaganga o‘xshaydi. Bir necha yil oldin Ben Kongoga boradi va o‘sha yerda o‘z tashkilotini yaratish g‘oyasi tug‘iladi. Shunday qilib zo‘ravonlik qurbonlariga yordam beradigan bu tashkilotga “Sharqiy Kongo tashabbusi” nomi qo‘yiladi.

Selena Gomes

Mashhur amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa bir necha yillardan beri nafaqat kasal bolalarga faol yordam beradi, balki qashshoq mamlakatlardagi odamlarning hayotini yaxshilashga harakat qiladi. Selena Gomes o‘zini G‘arbiy va Markaziy Afrika aholisi ochlikdan o‘lmasligi uchun mablag‘ yig‘ishga bag‘ishlagan.

Jorj Kluni

Jorj Kluni Sudanda Not On Our Watch xayriya jamg‘armasi asoschisi bo‘lib, zo‘ravonlik va qiynoq qurbonlariga yordam beradi. Bir paytlar Jorj Kluni Sharqiy Afrikada bo‘lib o‘tgan tinch namoyishda qatnashgani uchun hibsga olingan edi.

Mett Deymon

WaterOrg — “Jeyson Born” yulduzi asos solgan tashkilot. Aktyor Afrikadagi kambag‘al oilalarni toza suv bilan ta’minlash orqali ularga yordam beradi. Bu tashkilot hozirgacha toza suv ichishi mumkin bo‘lgan 300 000 oilaga yordam bergan. Deymon, shuningdek, uning do‘sti Jorj Kluniga tegishli Not On Our Watch kompaniyasining hammuassisi hisoblanadi.

Skarlett Yoxansson

Skarlett Yoxansson dunyoga mashhur bo‘lishidan oldin ham xayriya ishlari bilan shug‘ullanardi. Aktrisa Ruandadagi klinikalarda ko‘ngilli bo‘lib ishlagan va 2004-yildan beri Oxfam elchisi hisoblanadi.

Mettyu Makkonahi

 

Gollivudning eng talabgir aktyorlaridan biri Just Keep Livin Foundation’ga asos solgan. Fondning maqsadi — bolalarni hayot, jismoniy tarbiya va ma’naviyatga o‘rgatish. Bundan tashqari, Mettyu bir nechta xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, boshqalarga ham yordam beradi.

Dueyn Jonson

“Jumanji” yulduzi moliyaviy qiyinchiliklar nima ekanligini juda yaxshi biladi. Shu sababli sportchi muhtoj bo‘lganlarga muntazam ravishda yordam berishga harakat qiladi. Yaqinda internetda Dueyn xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan yigitga odamlarga qilgan yaxshiliklari uchun mashina sovg‘a qildi. Shuningdek, aktyor bolalar shifoxonalariga tez-tez tashrif buyuradi.

Mel Gibson

“Sheryurak” rejissori Meksikadagi “Sten” to‘fonining halokatli oqibatlarini bartaraf etish uchun bir million dollar ajratgan. Bundan tashqari, u kasalxonalarni tiklash uchun o‘n million dollar xayriya qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »