Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suratga olish jarayonida, ayniqsa franshiza yoki serial haqida gap ketganda, kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin. Yosh aktyorlar o‘sib-ulg‘ayadi, vazn yo‘qotadi yoki semiradi va aktrisalar homilador bo‘lishi mumkin. Ba’zida esa prodyuserlar shunchaki aktyor o‘z xarakterini yetarlicha his qilmaydi deb o‘ylashadi, bunday paytda aktyorlarni almashtirish masalasi tug‘iladi

Garri Melling

Garri Potterning xolavachchasi Dadli Dursli sehrgar bolani Xogvartsdan tashqarida qanday qiynashni juda yaxshi bilardi. Garri “Qaqnus ordeni”da jiyanini dementorlardan qutqarib qolgachgina, ularning munosabatlari yaxshilanadi. Keyingi safar aktyor “O‘lim tuhfasi” filmida rol o‘ynaydi, lekin uch yil ichida shunchalik vazn yo‘qotadiki, u deyarli tanib bo‘lmas darajaga keladi.

Garri Mellingdagi bunday ajoyib o‘zgarishdan so‘ng, uni almashtirish haqida ko‘p bahs-munozaralar bo‘ladi. Ammo oxir-oqibat aktyorning franshizada qolishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Uni oldingi qismlardagi Dadliga o‘xshatish uchun Melling maxsus “yog‘li” kostyum va yuz qoplamalarini kiyishiga to‘g‘ri keladi.

Jennifer Eniston

“Do‘stlar” filmining suratga olish ishlari boshlangan yil Jennifer Eniston uchun omadli yil bo‘ladi. Aktrisa bir vaqtning o‘zida bir nechta seriallardan taklif oladi. Uning ish jadvali shu qadar tig‘iz bo‘ladiki, natijada u ikkita serialdan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Agar boshqa serialning reytingi baland bo‘lganda, Jennifer “Do‘stlar” filmini tark etishga majbur bo‘lardi.

Yaxshiyamki, o‘sha loyiha yuqori reytingga chiqolmaydi, shuning uchun Jennifer Reychel Grin roliga qaytadi, uni ijodiy jamoa quchoq ochib kutib oladi. Endi esa oradan 30 yil o‘tib, uning o‘rnida boshqa aktrisa bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin.

Robert Pattinson

Robert Pattinson — “Sumerki” franshizasini tark etishiga oz qolgan yana bir aktyor. Gap shundaki, Robert suratga olish maydonchasida kitobdagi qahramonga o‘xshab o‘ynashga harakat qiladi. Asarda Edvard o‘zini yirtqich hayvon deb hisoblaydigan va shunday harakat qiladigan g‘amgin qahramon.

Shu sababli aktyor kam kuladi, prodyuserlar esa Bella bilan munosabatlari yengilroq va quvnoqroq bo‘lishini xohlaydi. Pattinson hatto vampir uchun ham juda g‘amginroq edi. Oxir-oqibat agenti aktyor bilan jiddiy suhbatlashadi, agar u shu ruhda o‘ynashda davom etsa, serialdan haydab yuborishlarini aytadi. Aktyorning esa murosa qilishdan boshqa iloji qolmaydi.

Reychel Makadams

Reychel Makadams Rayan Goslingning talabiga ko‘ra “Xotira kundaligi” filmidan ketishiga oz qoladi. Gap shundaki, ular suratga olish maydonchasida kelisha olmaydi. Bir kuni Gosling butun suratga olish guruhi oldida rejissorga ultimatum qo‘yadi: u Makadamsni boshqa aktrisa bilan almashtirishni so‘raydi.

Biroq rejissor Goslingga quloq solmaydi. U aktyorlarga o‘zaro kelishishga, ishga kirishishdan oldin alohida xonada bir-biriga baqirib olishiga ruxsat beradi. Shundan keyin ham loyihaning suratga olish ishlari silliq kechmaydi, ammo Gosling va Makadams oxir-oqibat birgalikda ishlashga muvaffaq bo‘ladi.

Helen Makkrori

Britaniyalik aktrisa Helen Makkrori “Garri Potter va Qaqnus ordeni” filmida yovuz qahramon Bellatriks Lestrenj rolini ijro etishi kerak edi. Biroq o‘sha paytda u homilador bo‘lgani sababli bu rolga ma’qullanmaydi.

Biroq franshiza ijodkorlari uni qo‘yib yuborishni xohlamadi. Garchi Bellatriks roli Helena Bonem Karterga berilgan bo‘lsa-da, Drako Malfoyning onasi Nartissa Malfoy roli atayin Makkrori uchun yaratiladi.

Tobi Maguayr

Tobi Maguayr “O‘rgimchak odam” filmida Piter Parker rolini o‘ynashga imzo chekkanida, unga 3 filmlik shartnoma beriladi. Ammo orada u boshqa loyihalarda ishtirok etadi. Ulardan birida u belidan jarohat oladi va super qahramon roli uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarlik hisobga olinib, prodyuserlar aktyorni almashtirish haqida o‘ylay boshlaydi.

Piter Parker roli uchun birinchi nomzod Jeyk Jillenhol edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Maguayr tuzalib, rolga qaytmoqchi ekanini bildirganda Jillenhol allaqachon syomkaga tayyorlanayotgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »