Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shou-biznesda hamma ham o‘z o‘rnini topa olmaydi. Mazkur iste’dodli intiluvchan yulduzlar qo‘llaridan kelgancha harakat qilmoqda, lekin ular hali dunyoga mashhur ota-onalaridan o‘zib ketolmagan.

Indio Falkoner Dauni

Kichik Robert Daunining o‘g‘li Indio Falkoner Dauni — qo‘shiqchi va aktyor. Uning repertuari hozircha unchalik katta emas. U faqat bir nechta filmlarda rol o‘ynagan — “Bo‘sa” va “Roksanadan qochish” shular jumlasidan. Ammo Indio musiqa bilan muntazam ravishda shug‘ullanadi. U tadbirlarda o‘zi yozgan musiqa ostida chiqadi, ijtimoiy tarmoqlarga ham musiqa asboblari bilan tushgan fotosuratlarini joylashtiradi. Yaqinda Indio o‘zining debyut albomini chiqardi. Umuman olganda, u iqtidorli va istiqbolli yigit.

Ayrlend Bolduin

Ayrlend Bolduin aktyorlar — Alek Bolduin va Kim Beysingerning qizi hamda Xeyli Biberning xolavachchasi. Ayrlend model, aktrisa, kino prodyuseri va dijey. Intiluvchan yulduzning filmografiyasida atigi beshta kino bor — “Dushmanim siri”, “Chaqirilmagan mehmon” filmlaridagi roli bilan ko‘pchilikka tanish.

Ketrin Shvarsenegger

Arnold Shvarseneggerning qizi bilimdon va ijodkor, mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist. Ketrin nafaqat ommaviy axborot vositalarida ishlagan, balki bir nechta kitoblar ham nashr etgan. Uning kitoblari tanani sevishga, universitetdan keyingi hayotga va odamlarni kechirish amaliyotiga bag‘ishlangan. Ketrin Amerika televideniyesida mashhur, chunki u turli tok-shoularda va yangiliklar dasturlarida qatnashadi. Ammo shou-biznesda u faqat Kris Prattning rafiqasi sifatida tanilgan.

Destri Ellin Spilberg

Rejissor Stiven Spilbergning iste’dodli, ammo noma’lum qizi bir vaqtlar modellik bilan shug‘ullangan. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, qiz hatto yirik moda uylari bilan ham hamkorlik qiladi. Avvallari uning prinsipi bor edi — mashhur otasining yordamisiz mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishish. Shuning uchun Destri ular bilan aloqasi bo‘lmagan sohani tanlaydi. Ammo keyinchalik u ham otasining izidan bordi.

Hozirda uning filmografiyasi bir nechta loyihalarni o‘z ichiga oladi, jumladan, “Men bu haqiqatni bilaman” va “Ajoyib pitssa”. O‘tgan yili yulduz “Iltimos, bolalarga ovqat bermang” trilleriga rejissorlik qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Premyera 2024-yilga mo‘ljallangan.

Mersi Jeyms

Yaqinda Madonna muxlislariga Mersi Jeyms ismli ajoyib va ​​iste’dodli asrab olgan qizi borligini eslatdi. Qiz 18 yoshga to‘ldi va qo‘shiqchi uni ijtimoiy tarmoqlarda ta’sirchan tabrikladi. Mersi haqida ko‘p narsa ma’lum emas, ammo Madonna joylagan video tufayli uning musiqiy qobiliyatlari borligini bilish mumkin. Balki mashhur ona qiziga prodyuser bo‘lib, ko‘tarilishida yordam berar?

Romeo Bekxem

Devid va Viktoriya Bekxemning bolalari ichida Bruklin eng mashhuri bo‘ldi. Albatta, taniqli rafiqasi Nikola Peltsning yordami bilan. Sportda mashhur bo‘lishga intilayotgan, lekin ko‘proq shov-shuvli akasining soyasida qolishda davom etayotgan Romeo Bekxem-chi? Romeo yosh va istiqbolli. U otasining izidan borib, futbolni chin yurakdan sevdi. Uning tarjimai holidan ma’lumki, yigit har doim to‘p tepishni yaxshi ko‘rgan va o‘zini model sifatida ham sinab ko‘rgan. Aytgancha, Romeo 2019-yildan beri model Mia Regan bilan uchrashadi. Balki bir kun kelib u yigitini shou-biznesni zabt etishga ilhomlantirar va u otasi hamda akasidan ko‘ra mashhurroq bo‘lib ketar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »