Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suratga olish ishlari, kesib tashlangan sahnalar, shuningdek, sevimli aktyorlarning gonorarlari serial muxlislarini doim hayajonga soladi. Ayniqsa, ular juda maxfiy ma’lumotlar bo‘lgani uchun. Ammo kim ham ba’zi sirlarni bilishni xohlamaydi deysiz?

Pedro Paskal — “Bizlardan so‘nggimiz” (2023-yildan hozirgi kungacha)

Mashhur kompyuter o‘yiniga asoslangan serial tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan juda yuqori baholandi. Unda bosh qahramon rolini ijro etgan Pedro Paskal esa yaxshigina gonorar oldi. Unga har bir epizod uchun 600 ming dollar to‘langan.

Elizabet Olsen — “Sevgi va o‘lim” (2023)

“Sevgi va o‘lim” serialining 7 ta qismida Elizabet Olsen mo‘maygina pul ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Axir bir epizod uchun unga 875 ming dollar to‘langan.

Jeyson Sudeykis — “Ted Lasso” (2020-2023)

“Ted Lasso”ning birinchi mavsumida aktyor har bir epizod uchun taxminan 400 ming dollar olgan. Uchinchi mavsumda esa kinokompaniya uning gonorarini yana oshirdi. Va Sudeykis har bir epizod uchun taxminan 1 000 000 dollarga ishlay boshladi.

Natasha Lionn — “Qimorboz” (2023-yildan hozirgi kungacha)

Natasha Lionn “Qimorboz” teleserialidagi bosh roli uchun yaxshigina pul oldi. Aktrisa ishtirokidagi har bir epizod ijodkorlarga 500 ming dollarga tushdi.

Keyli Kuoko – “Katta portlash nazariyasi” (2007-2019)

Keyli Kuoko va serialning bosh qahramonlarini o‘ynagan to‘rt kishi har bir epizod uchun umumiy 1 000 000 dollar gonorar olgan. Ammo o‘tgan mavsumga kelib ularning maoshi 425 ming dollarga ko‘tarildi.

Kevin Kostner – “Yelloustoun” (2018-yildan hozirgi kungacha)

Variety ma’lumotlariga ko‘ra, Kevin Kostner 2022-yil rekordchisiga aylandi, u serialda bosh rolni ijro etgan har bir epizod uchun 1 300 000 dollar ishlab topdi.

Ellen Pompeo — “Qo‘rquv anatomiyasi” (2005-yildan hozirgi kungacha)

Qariyb 20 yildan beri namoyish etilayotgan serialning eng ko‘p maosh oluvchi aktrisasi Ellen Pompeo hisoblanadi. Uning ishtirokidagi har bir epizod ijodkorlarga 575 000 dollarga tushadi. Uning hamkasbi Patrik Dempsi har bir epizod uchun 400 ming dollar olgan. Boshqa aktyorlarning gonorarlari ancha kam.

Antonio Banderas — “Daho” (2017-yildan hozirgi kungacha)

​Serialning har bir fasli insoniyatning eng buyuk daholarining hayoti haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, birinchi mavsumda tomoshabinlar Albert Eynshteyn, ikkinchisida — Pablo Pikasso va uchinchisida — Areta Franklinning hayoti haqida bilib olishi mumkin.

Mashhur ispaniyalik rassomni mahoratli ispan aktyori Antonio Banderas ijro etgan. U har bir epizod uchun 200 000 dollar gonorar oldi.

Nikol Kidman — “Katta-kichik yolg‘on” (2017-2019)

Serialda asosiy rollardan birini o‘ynagan Nikol Kidman o‘z ishtirokidagi har bir epizod uchun 350 ming dollar olgan.

Jensen Ekls — “G‘ayritabiiy” (2005-2020)

Aktyor Din Vinchester rolidagi har bir epizod uchun 175 000 dollar olgani aytiladi. Taxminlarga ko‘ra, uning “ekrandagi akasi” Jared Padaleki 125 000 dollardan sal kamroq pul olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »