Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur aktyor bo‘lish daromadli biznes, lekin hamma ham bu cho‘qqiga chiqa olmaydi. Quyida kino yulduzlarining so‘nggi yillardagi eng katta gonorarlari haqida ma’lumot beramiz.

Tom Kruz — “Top Gan: Meverik”

Aktyorni nafaqat filmda, balki hayotda ham eng yaxshi mergan deb atash mumkin. Chunki ko‘pchilik u kabi uzoqni ko‘zlab ish qilishni bilmaydi. Shartnomaga ko‘ra, Tom film sotuvidan foiz oladi. Bu shuni anglatadiki, “Top Gan” filmi suratga olish ishlari tugaganidan keyin ham unga daromad keltiradi, bu hozirda 100 million dollarga baholanishi mumkin.

Kichik Robert Dauni — “Qasoskorlar: abadiyat jangi”, “Qasoskorlar: final”

Temir odam rekord o‘rnatishga qiziqmaydi ham. U katta gonorar o‘rniga uzoq muddatli suratga olish ishlarini va, albatta, muxlislarining muhabbatini tanlaydi. “Qasoskorlar” filmining so‘nggi ikki qismi uchun aktyor har biridan 75 million dollar — jami 150 million dollar gonorar olgan.

Margo Robbi — “Barbi”

Moda qo‘g‘irchog‘i haqidagi filmning ajoyib muvaffaqiyati nafaqat tomoshabinlarga zavq bag‘ishladi, balki suratga olish guruhini ham juda xursand qildi. Masalan, Margo Robbi loyihada ishtirok etgani uchun 50 million dollar olishga muvaffaq bo‘ldi.

Deniyel Kreyg — “Qinidan chiqqan pichoqlar”

Jeyms Bond, albatta, sheriklarni qanday tanlashni biladi. Va u Netflix bilan ham bunday hamkorlikni qo‘ldan boy bermadi. Sevimli kasbi aktyorga nafaqat mashhurlik, balki munosib daromad ham keltirdi. Birgina “Qinidan chiqqan pichoqlar” serialining so‘nggi qismida u taxminan 100 million dollar ishlab topdi.

Uill Smit — “Qirol Richard”

Muxlislar aktyorni asosan komedik rollarda ko‘rishga odatlangan, ammo bu loyihada u butunlay boshqa qirrasini ochib beradi. Haqiqiy usta o‘ziga munosib bo‘lgan gonorarni ham oldi. Unga ushbu filmdagi roli uchun 40 million dollar berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »