Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ilgari mashhurlar oddiy narsalarni orzu qilardi: kir yuvish mashinasi, magnitofon va furgon. Quyida yulduzlar o‘zlarining birinchi yirik gonorarlarini nimaga sarflagani haqida ma’lumot beramiz.

Mett Deymon

1990-yilda “O‘g‘il” dramasi nafaqat Mett Deymonni, balki butun oilasining oyoqqa turishiga yordam beradi. Aktyor filmdan olgan 25 ming dollar gonorarini yaqinlari uchun sarflagan.

“Akamga mashina olib berdim, onamga doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishda yordam bergandim. Va bu juda ajoyib tuyg‘u edi”, — deydi u.

Killian Myorfi

Rok muxlisi Killian Myorfi birinchi gonorariga hech ikkilanmasdan musiqiy tizim sotib oladi.

“O‘shanda men ovoz tizimi sotib olgandim, chunki grammofonlar hozirgidek ajoyib emasdi”, — deydi “Oppengeymer” yulduzi.

Ehtimol, aktyor sevimli guruhi The Beatles’ni kun bo‘yi tinglash uchun shunday yo‘l tutgandir.

Timoti Shalame

Timote Shalame Disney reklama roligidan olgan gonorariga “Nyu York Niks” basketbol o‘yiniga chipta sotib olib, keyinchalik bundan afsuslanadi. U o‘yinni emas, balki mashhur LeBron Jeymsni ko‘rishni orzu qilgandi. Ammo o‘sha yili sportchi Nyu-Yorkka emas, balki Mayamiga ketadi. Hafsalasi pir bo‘lgan Timoti shoshilinch tarzda abonementini sotib yuborishga harakat qilgan.

Nikol Kidman

Nikol Kidman birinchi maoshiga ota-onasi uchun kir yuvish mashinasi olib beradi, qolgan puliga o‘ziga yangi poyabzal xarid qiladi.

Rami Malek

Ma’lum bo‘lishicha, Rami Malek kofe ishqibozi bo‘lib, birinchi gonorarini sevimli ichimligini tayyorlash uchun kofe mashinaga sarflagan.

Teylor Svift

Eng noodatiy xaridni Teylor Svif qiladi. Karyerasining boshida “Yaramas qizlar” serialidagi Regina Jorj kabi mashina sotib oladi.

“Maktabda menga yomon munosabatda bo‘lgan barcha qizlar Reginaning fanati edi. O‘shanda men bu mashinani o‘sha qizlarga qarshi isyon sifatida sotib olganman”.

Rupert Grint

Rupert Grint sehrgar bo‘lishidan oldin muzqaymoq sotishni orzu qilgan. Birinchi gonorariga u muzqaymoq sotish uchun furgon sotib oladi.

Margo Robbi

Faoliyatining boshida Margo Robbining onasi ko‘pincha unga ipoteka qarzini to‘lash uchun sarflanishi kerak bo‘lgan pulni berardi. Onasi Sari Kessler buning evaziga hech narsa so‘ramaydi, lekin yulduz har bir qarzini daftariga yozib qo‘yadi.

“Yetarlicha pul topganimda qarzni to‘liq to‘ladim. Men: “Oyi, endi ipoteka haqida tashvishlanmang, u endi umuman yo‘q” deb xursand qilganman”, — deydi Margo.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »