Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda kinomanlarni mashhur filmlar bilan bir qatorda multfilm va animelar premyerasi ham kutib turibdi.

“Orion va zulmat”

Fransiya, AQSH.

Multfilm, fantastika, komediya, detektiv, sarguzasht, oilaviy.

Davomiyligi: 90 daqiqa.

Jahon premyerasi: 2-fevral

Orion ismli bolakay hamma narsadan qo‘rqadi: qizlardan, jamoa oldidagi mas’uliyatdan, darsda noto‘g‘ri javob berishdan. Ayniqsa, zulmatdan. Bir kuni Zulmat Orionga uni sayohatga olib chiqish orqali umuman qo‘rqinchli emasligini ko‘rsatish uchun keladi.

“Kung-fu panda 4”

AQSH, Xitoy.

Multfilm, fantastika, jangari, komediya, sarguzasht, oila.

Davomiyligi: 94 daqiqa.

Jahon premyerasi: 8-mart

Ustoz Shifu Poni Ajdaho jangchisi bo‘lishdan voz kechib, Tinchlik vodiysining ruhiy yetakchisi bo‘lishga taklif qiladi. Ammo panda o‘zining tashqi qiyofasini o‘zgartirishga va boshqa kung-fu ustalarining uslubiga taqlid qilishga qodir bo‘lgan yangi dushman — Xameleonni mag‘lub etish uchun jang qilishi kerak.

“Garfild”

Buyuk Britaniya, AQSH.

Multfilm, fantastika, komediya, sarguzasht, oilaviy.

Jahon premyerasi: 24-may

Garfild to‘satdan otasi — ko‘cha mushugi Vik bilan uchrashadi. Qahramonlar birgalikda sayohatga chiqishadi va ularga Garfildning it do‘sti Odi hamrohlik qiladi. Yangi multfilmda malla mushukka Kris Pratt ovoz bergan.

“Boshqotirma 2”

AQSH.

Multfilm, komediya, oilaviy.

Jahon premyerasi: 14-iyun

“Boshqotirma 2”ni Pixar’ning bir qator muvaffaqiyatsiz loyihalaridan so‘ng inqirozdan chiqishga bo‘lgan yangi urinishi desa ham bo‘ladi. Multfilmda Rayli katta bo‘ladi va uning boshida qo‘shimcha his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Tizerda yangi kelgan tuyg‘u — apelsin rang Xavotirni ham ko‘rish mumkin.

“Yaxshi bo‘lish osonmi 4”

AQSH.

Multfilm, komediya, sarguzasht, oilaviy.

Davomiyligi: 83 daqiqa.

Jahon premyerasi: 3-iyul.

“Yaxshi bo‘lish osonmi” multfilmining to‘rtinchi qismi haqida hali hech narsa ma’lum emas. Gryu va uning yordamchilari, ehtimol, yana bir bor hikoyaning markazida bo‘lishar. Film rejissori Kris Reno. U “Yaxshi bo‘lish osonmi1, 2”, shuningdek, “Uy hayvonlarining sirli hayoti”ning ikki qismiga rejissorlik qilgan.

“Uzuklar hukmdori”

AQSH, Yaponiya.

Anime, multfilm, fantastika, jangari.

Davomiyligi: 130 daqiqa.

Premyera: 13-dekabr

“Yolg‘izlik sindromi” filmi rejissori Kenji Kamiyama “Uzuklar hukmdori” filmiga asoslangan animega rejissorlik qiladi. Voqealar Piter Jekson filmlaridagi voqealardan bir necha asrlar oldin sodir bo‘ladi va sujetda Rohanning afsonaviy qiroli Helm Hammerxand haqida hikoya qilinadi.

“Mufasa: Qirol sher”

AQSH.

Multfilm, musiqiy, drama, sarguzasht, oilaviy.

Jahon premyerasi: 20-dekabr.

“Mufasa: Qirol sher” original hikoyaning oldingi qismidir. Film voqealari Mufasaning bolaligi va Skar bilan munosabatlari haqida tafsilotlarni ochib beradi. Multfilm yo to‘laqonli prikvel bo‘ladi yoki Simba hukmronligi va yosh Mufasa hayoti bilan almashinib turadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »