Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qisqa muddatga o‘smir bo‘lish oson ish emas. Bugun qaysi yulduzlar ekranda o‘zidan yosh qahramonlarni o‘ynagani haqida ma’lumot beramiz.

Shirli Henderson — yig‘loqi Mirtl

Shirli Henderson “Garri Potter va maxfiy hujra” hamda “Garri Potter va alanga kubogi” filmlarida rol o‘ynagan. Filmdagi yig‘loqi Mirtl aynan shu aktrisa edi. Suratga olish paytida aktrisa 37 yoshda bo‘lgan, uning qahramoni esa 13 yoshda edi.

Tom Holland — Piter Parker

Tom Holland Tobi Maguayr va Endryu Garfilddan nimasi bilan ajralib turishini bilasizmi? U Piter Parker rolini ijro etgan eng yosh aktyor. “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmida super qahramon 15 yoshda. Film suratga olinayotganda aktyor 20 yoshda edi.

Emma Makki — Meyv Uayli

Sarkazmga boy hazillar, hammani o‘ziga qaratadigan uslub va bema’ni xatti-harakatlar 17 yoshli o‘smir qizga xos. Ammo qahramon va aktrisa o‘rtasida 8 yillik tafovut bor.

Anya Teylor-Joy — Elizabet Harmon

2020-yilda Anya Teylor-Joy “Qirolichaning yurishi” mini-serialida shaxmatchi qiz rolini o‘ynaydi. Filmda 24 yoshli aktrisa 13 yoshidan boshlab ulg‘aygan Elizabet Harmonni gavdalantiradi.

Emiliya Klark — Deyeneris Targaryen

“Taxtlar o‘yini” boshlangan paytda ajdarlar onasi bor-yo‘g‘i 16 yoshda edi. O‘sha paytda Emiliya Klark o‘z qahramonidan 8 yosh katta bo‘lgan.

Florens Pyu — Emi March

“Kichik xonimlar” filmi to‘rt opa-singilning hayotini tasvirlaydi. Ularning eng kichigi Emi endigina 12 yoshda bo‘ladi. Mazkur quvnoq qiz rolini  Florens Pyu o‘ynaydi — suratga olish paytida aktrisa 23 yoshda edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »