Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangandagi bog‘chada tarbiyachilarga yo‘laklardagi taxtalarni olib qo‘yishni aytgan direktorga chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, mazkur muassasa “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilib, bog‘chaning mukammal ta’miri uchun bir milliard so‘mni qo‘lga kiritgan. O‘rganish davomida tarbiyachilarga bog‘cha direktori tomonidan yo‘laklardagi mix qoqilgan taxtalardan kimdir zararlanmasligi uchun olib qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani aniqlandi. 

Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga ko‘ra o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagani uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »