Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlariga yangi bosh qo‘mondon etib tayinladi. Bu haqda u navbatdagi videomurojaatida ma’lum qilgan.

“Men general-polkovnik Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinladim”, — dedi Vladimir Zelenskiy videomurojaatda. 

Shuningdek, u avvalgi bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniyga 2 yillik xizmati uchun minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Foto: Google Images

“Ikki yillik xizmat uchun general Zalujniydan minnatdorman. Men birgalikda erishgan har bir g‘alabamiz uchun minnatdorman va bu urushni qahramonlarcha boshdan kechirayotgan barcha ukrainalik askarlarga rahmat. Armiyada nimalarni o‘zgartirish kerakligi haqida bugun ochiq gaplashdik. Shoshilinch o‘zgarishlar zarur. Men general Zalujniyni Ukraina jamoasida qolishga taklif qildim. Agar rozi bo‘lsa, minnatdor bo‘lardim”, — dedi Ukraina prezidenti.

Avvalroq Valeriy Zalujniy bosh qo‘mondon vazifasidan ozod etilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan, lekin rasman e’lon qilinmagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »