Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina hukumati AQSH prezidenti ma’muriyatiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatish niyatida ekanini ma’lum qilgan, deb yozadi The Washington Post manbalariga tayanib.

Foto: EPA

Nashrga ko‘ra, Oq uy vakillari bu qarorni qo‘llab-quvvatlamagan, biroq Valeriy Zalujniyning iste’foga chiqishiga e’tiroz bildirmagan va bu Zelenskiyning suveren tanlovi ekanini ta’kidlagan.

Vashingtonning oldindan ogohlantirishi Oq uyga Ukraina rasmiylaridan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘rash imkoniyatini bergan.

Ukraina prezidenti Zelenskiy Zalujniyning iste’foga chiqishi haqidagi farmonni hali imzolagani yo‘q. CNN avvalroq Zalujniy shu hafta oxirigacha, ya’ni 4-fevralgacha ishdan olinishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Zalujniyning iste’fosi haqidagi mish-mishlar

Ukraina va jahon ommaviy axborot vositalari Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni iste’foga chiqishi haqida 29-yanvar kuni Ukraina prezidenti Valeriy Zalujniy bilan uchrashganidan beri gapirmoqda. Ushbu uchrashuvda, turli nashrlar manbalariga ko‘ra, Zelenskiy bosh qo‘mondonni ishdan bo‘shatishini aytgan. Suhbatdan so‘ng The Times manbalarining aytishicha, xalqaro hamkorlar, shu jumladan AQSH va Buyuk Britaniya “o‘z xavotirlarini bildirishgan”. Ukraina prezidentining ofisi va Mudofaa vazirligi Zalujniy ishdan bo‘shatilishini rasman rad etdi.​

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »