Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 29-yanvar kuni Valeriy Zalujniyga uni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etishga qaror qilganini aytgan. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ayrim jurnalistlarga ko‘ra, Zalujniyga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimini taklif qilishgan, biroq u rad javobini bergan. Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov bosh qo‘mondon lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilgan.

Sirskiy armiyadagi eng tajribali ofitserlardan biri bo‘lib, u 2022-yildagi ikkita eng yorqin g‘alabaning namoyondasi bo‘lgan: Kiyev yaqinida va Xarkov viloyatida. 

“Ammo uning urushga qattiq yondashgani uni armiya ichida mashhur qilmadi”, — deyiladi xabarda.

Boshqa tomondan, Budanov qo‘mondonlikka “juda noan’anaviy va sinovdan o‘tmagan” yondashuvni qo‘llaydi, u hali katta armiyaga rahbarlik qilmagan.

“Ba’zilar u so‘nggi daqiqada bu ishdan bosh tortgan deb hisoblashadi. Budanovning yaqin hamkasbi u general Zalujniy lavozimiga da’vogarlik qilmaganini ta’kidlamoqda, lekin Budanovning ham harbiy lavozimni rad etishga haqqi yo‘q edi”, — deb yozadi jurnalistlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »